Prezident Buloqboshida mahalliy mahsulotlar sifatini koʻzdan kechirdi
Davlatimiz rahbari Andijon viloyati Buloqboshi tumanidagi “Fayz-M” korxonasi faoliyati bilan tanishdi.
Mamlakatimizda xomashyoni qayta ishlab, qo‘shilgan qiymat yaratishga alohida ahamiyat qaratilmoqda. Mazkur korxona ham mato to‘qish, bo‘yash va tayyor trikotaj ishlab chiqarish yo‘nalishidagi yirik loyihalardan biri.
Bu yerda yiliga 4 million 200 dona, 50 turdagi mahsulotlar tayyorlanadi. Mingga yaqin fuqaro ish bilan ta’minlangan. Xodimlar malakasini oshirish ham e’tiborda. Buning uchun dizaynerlik markazi tashkil etilgan.
Turkiya, Germaniya va Xitoydan keltirilgan ilg‘or uskunalar ish unumdorligi va mahsulotlar sifatini ta’minlamoqda. Tayyor kiyim-kechaklarning katta qismi eksportga yo‘naltiriladi. Yillik eksport salohiyati 6 million dollarga yetgan.
Prezidentimiz ishlab chiqarish jarayonini va tayyor mahsulotlarni ko‘zdan kechirdi. Sifat ko‘rsatkichlari ustida ishlab, qo‘shilgan qiymatni oshirish va eksport geografiyasini kengaytirish bo‘yicha tavsiyalar berdi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- AQSH Adliya vazirligi Epshteyn ishi boʻyicha 3 millionta faylni eʼlon qildi
- Tramp Kubadan kelayotgan tahdid sabab AQSHda favqulodda holat eʼlon qildi
- Buyuk shoirning Samarqanddagi tabarruk izlari
- Oʻzlikni anglash sari muhim qadam: “Milliy qadriyatlar atlasi” kitob-albomi taqdimot qilindi (+video)
- Urush, jasorat va sport: hafta davomida dunyo eʼtiborini tortgan 10 ta surat
- “Humans” Oʻzbekistondan yuzlab million dollar zararni qoplashni talab qilmoqda
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring