Portativ lazerli nur tarqatkichlardan qonunga xilof ravishda foydalanganlik uchun javobgarlik belgilanmoqda
Foto: Yunus Boʻriyev/“Xalq soʻzi”
Senatning oʻn ikkinchi yalpi majlisida “Oʻzbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida”gi Qonun muhokama etildi.
Qayd etish lozimki, bugungi kunda jahonda texnologiya rivojlanishi bilan turli elektron uskunalar, jumladan, portativ lazerli nur tarqatkichlar ham keng ommalashmoqda. Bu qurilmalar arzon, oson yetib boriladigan va koʻp hollarda koʻngilochar yoki taʼlim maqsadlarida ishlatiladi.
Biroq ulardan noqonuniy yoki nomuvofiq foydalanilishi jamoat xavfsizligiga jiddiy tahdid solishi mumkin.
Xususan, samolyotlarning uchishi yoki qoʻnishi paytida ularning ekipajiga lazer nurlarini yoʻnaltirilishi qoʻnish yoki parvoz jarayonida ekipaj diqqatini chalgʻitib, halokat xavfini oshiradi.
Bundan tashqari, jamoat xavfsizligini taʼminlashga masʼul boʻlgan huquqni muhofaza qilish organlari xodimlariga lazer nurlarini yoʻnaltirilishi natijasida koʻzning vaqtincha koʻrmay qolishiga, bu esa sodir boʻlishi mumkin boʻlgan tartibsizliklarning oldini olishda salbiy oqibatlarga olib kelishi mumkin.
Koʻpgina xorijiy davlatlarda lazer qurilmalarining foydalanishini cheklovchi va nazorat qiluvchi qonunlar qabul qilingan.
Mamlakatimizda ham jamoat xavfsizligini taʼminlash maqsadida ushbu turdagi qurilmalarni nazorat qilish, ularni litsenziyalash va noqonuniy foydalanish holatlarini jazolash boʻyicha choralar qatorida mazkur Qonun qabul qilinmoqda.
Qonun bilan amaldagi qonunchilikka mahalla huquq-tartibot maskanlarining hamda tayanch punktlarining tarkibini, ularda xizmat qiluvchi inspektorlarning vakolatlarini aniqlashtirishga, patrul-post xizmati saf boʻlinmalarining mansabdor shaxslari tomonidan tuzilgan maʼmuriy bayonnomalarni koʻrib chiqish hamda jazo chorasini qoʻllash vakolatiga ega shaxslarni aniqlashga, shuningdek portativ lazerli nur tarqatkichlarning qonunga xilof muomalasi uchun javobgarlik belgilashga qaratilgan oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritilmoqda.
Senatorlar taʼkidlaganidek, Qonunning qabul qilinishi mahallalarda xavfsiz muhitni yaratish, huquqbuzarliklarning barvaqt oldini olish hamda jamoat tartibini saqlash ishlari samaradorligini yanada oshirishga xizmat qiladi.
Qonun senatorlar tomonidan maʼqullandi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Sogʻliqni saqlash vazirligi “Elektron retsept” tizimi boʻyicha rasmiy bayonot berdi
- Oʻzbekistonda naqd pulga uy-joy va mashina oldi-sotdisi bekor qilinadi
- Nilufardan Qobiljongacha... Qobuljon Rossiyada etnik nafrat tufayli vahshiylarcha oʻldirilgan birinchi bola emas
- Uchinchi Renessansga eltuvchi maʼrifat koʻprigi: Oʻzbekiston—Pokiston hamkorligining yangi bosqichi
- Muhammad Saloh faoliyatini Saudiyada davom ettirishi mumkin
- Yaldo tuni: Yerliklar bugun eng uzun tun va eng qisqa kunga guvoh boʻladi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring