Pomidor saraton rivojlanishi xavfini pasaytiradimi?
Illyustrativ foto
Amerikalik olimlar pomidor saraton kasalligi rivojlanishi xavfini pasaytirishini aniqlashdi.
Ularning aytishicha, taomlarda pomidorlardan foydalanish jigarda yogʻ kasalliklari, saraton va turli shamollashlar rivojlanishi xavfini kamaytirar ekan.
Olimlar sichqonlarda tajriba oʻtkazishdi. Hayvonlarning jigariga xatarli oʻsimtani shakllantiruvchi kanserogenni yuborishdi. Shundan soʻng ularning bir qismiga likopinga boy pomidor kukuni berildi.
Likopin kemiruvchilar organizmida shamollashni chaqiruvchi bir qator bakteriyalarning favqulodda oshib ketishini bartaraf etgan. Qolaversa, ularda jigardagi yogʻ kasalliklari va saraton paydo boʻlish ehtimoli pasaygan.
Alohida likopinning oʻzidan koʻra esa pomidor kukuni yanada yaxshiroq samara koʻrsatishi ham ayon boʻldi. Bu butun pomidor tarkibida yana Ye, S vitaminlari, minerallar, fenol birikmalari va ozuqa tolalari borligi bilan izohlangan.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Nodavlat sud-eksperti sifatida faoliyat yuritish yanada soddalashtiriladi
- “Istanbul Bashakshehir” mehmondan gʻalaba bilan qaytdi
- “E-ekspertiza” platformasi orqali elektron hujjatlar almashinuvini yoʻlga qoʻyish tartibi tasdiqlandi
- Ukrainaning uch viloyatida portlashlar qayd etildi. Qurbonlar bor
- Bu yil Oʻzbekiston Proligasida 14 ta jamoa ishtirok etadi
- Shavkat Mirziyoyev Vashington shahrida Tinchlik kengashining dastlabki yigʻilishida ishtirok etdi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring