Pokistonda turar joy va mablagʻsiz qolib ketgan Oʻzbekiston fuqarosi vatanga qaytarildi

Pokistonda ogʻir vaziyatga tushib qolgan Oʻzbekiston fuqarosi vatanga qaytarildi. Bu haqida “Dunyo” axborot agentligi xabar berdi.
Bildirilishicha, fuqaro E.X. ogʻir ijtimoiy vaziyatga tushib qolganini, vaqtinchalik turar joy va kundalik ehtiyojlar uchun zarur mablagʻga ega emasligini maʼlum qilib, mamlakatimiz elchixonasiga murojaat qilgan.
Fuqaro E.X.ning murojaati elchixona tomonidan alohida nazoratga olinib, qisqa fursat ichida zarur konsullik-huquqiy va moddiy yordam koʻrsatish boʻyicha choralar koʻrilgan.
Shundan soʻng, yurtdoshimizga Oʻzbekistonga qaytish uchun tegishli konsullik guvohnomasi rasmiylashtirilgan va elchixona xodimlari hamda homiylar koʻmagida aviachipta xarid qilib berilgan. Yurtdoshimiz “Uzbekistan Airways” aviakompaniyasining Islomobod-Toshkent aviareysi bilan Vatanga qaytarilgan.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Jahon olimlari nigohi yana Oʻzbekistonga qaratildi
- Ekrandagi qabohatning hayotdagi aksi yoki yengil-yelpi seriallar jamiyatga nima beryapti?
- Prezident Oʻzbekiston oʻqituvchi va murabbiylariga tabrik yoʻlladi
- Dollar kursi tushishda davom etmoqda
- Oʻzbekistonda dollar kursi oʻzgardi
- Oʻzbekistonda dollarning rasmiy kursi oʻzgardi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring