Pokistonda sobiq bosh vazir Imron Xonning 200 ga yaqin tarafdori qamoq jazosiga hukm qilindi
Foto: AP
Pokistonda sobiq bosh vazir Imron Xonning 200 ga yaqin tarafdorlari 2023-yilgi tartibsizliklarda qatnashgani uchun qamoq jazosiga hukm qilindi. Bu haqda Associated Press axborot agentligi xabar bermoqda.
Faysalobod shahri sudi jami 196 kishiga hukm chiqargan. Ular orasida muxolifat yetakchisi Umar Ayub ham bor boʻlib, u va yana 57 nafar shaxs 10 yil muddatga ozodlikdan mahrum etilgan. Qolgan ayblanuvchilarga esa bir yildan uch yilgacha boʻlgan qamoq jazosi tayinlangan.
Maʼlum qilinishicha, mahkumlar sud qaroridan norozi boʻlib, apellyatsiya berish niyatida.
Eslatib oʻtamiz, Imron Xon 2018–2022-yillar davomida Pokiston bosh vaziri lavozimida faoliyat yuritgan. U 2023-yildan beri qamoqda boʻlib, bir nechta jinoyat ishlarida aybdor deb topilib, ozodlikdan mahrum etilgan.
Xonning hibsga olinishi 2023-yil mart oyida butun mamlakat boʻylab ommaviy norozilik namoyishlariga sabab boʻlgan edi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- “E-ekspertiza” platformasi orqali elektron hujjatlar almashinuvini yoʻlga qoʻyish tartibi tasdiqlandi
- Nodavlat sud-eksperti sifatida faoliyat yuritish yanada soddalashtiriladi
- “Istanbul Bashakshehir” mehmondan gʻalaba bilan qaytdi
- Ukrainaning uch viloyatida portlashlar qayd etildi. Qurbonlar bor
- Bu yil Oʻzbekiston Proligasida 14 ta jamoa ishtirok etadi
- Yanvar oyida yuz nafardan ortiq amerikalik oʻqish uchun Oʻzbekistonga keldi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring