Pokiston va Afgʻoniston chegarasida otishma yuz berdi. Qurbonlar bor
Arxiv surat
Joriy yilning 14-sentyabrga oʻtar kechasi Pokiston va Afgʻoniston chegarasida otishma yuz berdi. Bu haqda “Associated Press” xabar tarqatdi. Manbaga koʻra, har ikki tomondan ham qurbonlar bor.
Pokiston Qurolli kuchlari tomonidan berilgan bayonotga koʻra, Afgʻoniston chegarasidan oʻqqa tutilishi natijasida 3 nafar Pokiston askari halok boʻlgan. Qayd etilishicha, “Tolibon” Xayber-Paxtunxva viloyatining Kurram tumanidagi chegara postiga qarata oʻt ochgan.
Oʻz navbatida, “Tolibon” harakati Afgʻoniston hukumati pokistonliklarning chegara yaqinida nazorat-oʻtkazish punkti qurishiga yoʻl qoʻymaslikka urinayotganini maʼlum qildi. Qayd etilishicha, masalani muhokama qilish uchun bir necha kishi yaqinlashganidan keyin Pokiston harbiylari otishmani boshlagan. “Tolibon” orasida qurbonlar soniga aniqlik kiritilmagan.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Toshkentda Osiyo Olimpiya kengashiga yangi rahbar saylandi (+fotoreportaj)
- “Yangi Oʻzbekiston yulduzlari” milliy mukofoti xalqaro darajaga koʻtarilmoqda
- AQSH Adliya vazirligi Epshteyn ishi boʻyicha 3 millionta faylni eʼlon qildi
- Tramp Kubadan kelayotgan tahdid sabab AQSHda favqulodda holat eʼlon qildi
- Buyuk shoirning Samarqanddagi tabarruk izlari
- Oʻzlikni anglash sari muhim qadam: “Milliy qadriyatlar atlasi” kitob-albomi taqdimot qilindi (+video)
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring