Pokiston Afgʻonistonga zarba berdi. Halok boʻlganlar bor
Pokiston Afgʻoniston hududiga tunda bir nechta havo zarbalari berdi, deb xabar bermoqda BBC.
Afgʻoniston tomoni hujumlar tinch aholi uylari va diniy maktabni nishonga olganini aytdi. Islomobod esa zarbalar Pokiston–Afgʻoniston chegarasi yaqinidagi yettita ehtimoliy jangarilar qarorgohi va lagerlariga qaratilganini, ular mamlakat ichida sodir etilgan soʻnggi xudkushlik hujumlaridan keyin amalga oshirilganini bildirdi. Xabarlarga koʻra, hujumlar oqibatida kamida 18 kishi, jumladan ayollar va bolalar halok boʻlgan.
“Tolibon” mudofaa vazirligi zarbalar Nangarhor va Paktika viloyatlaridagi fuqarolik hududlariga yoʻnaltirilganini maʼlum qildi. Nangarhor viloyatining Behsud tumani, Girdi Kas qishlogʻida yashovchi fuqaro 23 nafar oila aʼzosidan faqat besh nafari tirik qolganini bildirgan.
Nishonga olingan boshqa hududlarda qurbonlar haqida hozircha maʼlumot berilmagan. Paktika viloyatining Barmal va Urgun tumanlaridagi hujumga uchragan mehmonxona hamda diniy maktab boʻsh boʻlgani qayd etilgan.
“Tolibon” bu holatni Afgʻoniston hududiy yaxlitligining ochiq buzilishi va xalqaro huquq meʼyorlariga zid harakat deb baholadi hamda munosib javob qaytarilishini maʼlum qildi. Soʻnggi voqealar oʻtgan oktyabrdagi chegara toʻqnashuvlaridan keyin eʼlon qilingan muvaqqat oʻt ochishni toʻxtatish kelishuviga qaramay yuz berdi.
Eslatib oʻtish joiz, ikki davlat oʻrtasida 2 574 kilometr uzunlikdagi togʻli chegara mavjud.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- “E-ekspertiza” platformasi orqali elektron hujjatlar almashinuvini yoʻlga qoʻyish tartibi tasdiqlandi
- Nodavlat sud-eksperti sifatida faoliyat yuritish yanada soddalashtiriladi
- “Istanbul Bashakshehir” mehmondan gʻalaba bilan qaytdi
- Ukrainaning uch viloyatida portlashlar qayd etildi. Qurbonlar bor
- Bu yil Oʻzbekiston Proligasida 14 ta jamoa ishtirok etadi
- Shavkat Mirziyoyev Vashington shahrida Tinchlik kengashining dastlabki yigʻilishida ishtirok etdi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring