Poytaxtda hali yechimini kutayotgan masalalar koʻpligi qayd etildi
“Eng avvalo, shahar aholisini tashvishga solayotgan ekologiya, yuqori daromadli ish oʻrinlari yaratish va sifatli boshqaruv masalasida shahar masʼullari yondashuvini oʻzgartirishi zarur”, – dedi Prezidentimiz.
Misol uchun, Yunusobodda besh yilda 500 ming kvadrat metr yirik savdo komplekslari barpo etilib, savdo va xizmat koʻrsatish hajmi joriy yilning oʻzida 76 trillion soʻmga yetdi. Shayxontohur, Chilonzor, Mirzo Ulugʻbek tumanlarida ham katta oʻzgarishlar bor.
Lekin Yashnoboddagi “Texnopark”da yuqori daromadli ish oʻrinlarini yaratish uchun hali katta salohiyat borligi taʼkidlandi. Yangihayotdagi “Toshkent indeks” loyihasida esa qurilgan 6,5 mingta savdo obyektining yarmidan koʻpi boʻsh turgani qayd etildi.
Yashnobod va Yangihayot tumanlari hokimlariga tadbirkorlarga sharoit yaratib bersa, birgina shu loyihalarni toʻliq ishga tushirish orqali yana kamida 10 mingta ish oʻrni tashkil qilish mumkinligi koʻrsatib oʻtildi.
Toshkent shahrida yashirin iqtisodiyot ulushi 9,5 foizni tashkil qilayotgani, mutasaddilar uni qisqartirish bilan tizimli shugʻullanishi shartligi taʼkidlandi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Sogʻliqni saqlash vazirligi “Elektron retsept” tizimi boʻyicha rasmiy bayonot berdi
- Nilufardan Qobiljongacha... Qobuljon Rossiyada etnik nafrat tufayli vahshiylarcha oʻldirilgan birinchi bola emas
- Oʻrta Osiyodagi eng baland yangi yil archasi — Namanganda
- Uchinchi Renessansga eltuvchi maʼrifat koʻprigi: Oʻzbekiston—Pokiston hamkorligining yangi bosqichi
- Yaldo tuni: Yerliklar bugun eng uzun tun va eng qisqa kunga guvoh boʻladi
- “Insoniyat sivilizatsiyasiga asos boʻlgan yutuqlar shu zamindan kelib chiqqan” — Paragvay Prezidenti
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring