“Pobeda” aviakompaniyasi Oʻzbekistonga parvozlarni boshlaydi
Rossiyaning “Pobeda” aviakompaniyasi 2023-yil 21-apreldan boshlab Moskva va Samarqandni toʻgʻridan-toʻgʻri charter reyslar bilan bogʻlashni rejalashtirmoqda. Moskva — Samarqand — Moskva yoʻnalishi boʻyicha parvozlar haftasiga ikki marta — payshanba va yakshanba kunlari amalga oshirilishi rejalashtirilgan.
Ushbu niyatni Rossiya aviatashuvchisi vakillari Uzbekistan Airports kompaniyasi bilan muzokaralarda bildirishgan. Muloqot chogʻida Rossiya shaharlaridan Toshkent, Samarqand, Buxoro va Oʻzbekistonning boshqa shaharlariga muntazam yoʻlovchi qatnovlarini tashkil etish masalalari muhokama qilindi.
Pobeda — “Aeroflot-Rossiya havo yoʻllari” guruhining shoʻba korxonasi, Rossiyaning arzon aviakompaniyasi boʻlib, shtab-kvartirasi Vnukovo (Moskva) aeroportida joylashgan.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Komiljonov Muxammadsolih Sobirjon oʻgʻlining “Salomatlik landshaftlarini tashkil etish tamoyillarini ishlab chiqish” mavzusidagi (arxitektura fanlari boʻyicha) falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasining himoyasi eʼloni
- Tehronda vaziyat jiddiy: poytaxt aholisi evakuatsiya qilinishi mumkin
- «Yevroosiyo Banki» Aksiyadorlik jamiyatining tugatish komissiyasi xabari
- Namangan – yangilanish va goʻzallik shahri
- Doʻstlik va hamkorlikni kengaytirgan forum (+fotoreportaj)
- Oʻzbekiston yoki Misr. Qaysi terma jamoa kuchli?
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring