Piyodalarni hurmat qiling — poytaxt IIBB haydovchilarni hushyorlikka chaqirdi
Foto: Akmal Muhammadov/“Xalq soʻzi”
Toshkent shahar IIBB poytaxt aholisi va mehmonlarini yoʻl harakati qoidalariga qatʼiy amal qilishga chaqirdi.
Bugun, 22-yanvar kuni Toshkent shahrida qorli ob-havo kuzatilmoqda. Shu munosabat bilan Toshkent shahar Ichki ishlar bosh boshqarmasi yoʻllarda harakat xavfsizligini taʼminlash va mumkin boʻlgan koʻngilsiz hodisalarning oldini olish maqsadida poytaxt aholisi va mehmonlariga murojaat qildi.
Xabarda barcha yoʻl harakati qatnashchilaridan yoʻl harakati qoidalariga qatʼiy rioya etish, transport vositalari oʻrtasida yetarli masofani saqlash, belgilangan tezlik meʼyorlaridan oshmaslik hamda piyodalarga nisbatan hurmatni saqlagan holda ehtiyotkorlik bilan harakatlanish soʻralgan.
Shuningdek, qorli va shamolli ob-havo sharoitini inobatga olib, avtomobillarni koʻp qavatli binolar, turli inshootlar va daraxtlar ostida qoldirmaslik, transport vositalarini maxsus ajratilgan avtoturargohlarda saqlash tavsiya etildi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- “Nigilist pingvin”. Ruhan ezilgan va hayotdan maʼno izlayotganlar uchun noodatiy mem ommalashmoqda
- Prezident Oʻzbekiston bojxona sohasi xodimlariga tabrik yoʻlladi
- Toshkentda Osiyo Olimpiya kengashiga yangi rahbar saylandi (+fotoreportaj)
- “Yangi Oʻzbekiston yulduzlari” milliy mukofoti xalqaro darajaga koʻtarilmoqda
- AQSH Adliya vazirligi Epshteyn ishi boʻyicha 3 millionta faylni eʼlon qildi
- Tramp Kubadan kelayotgan tahdid sabab AQSHda favqulodda holat eʼlon qildi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring