Piskentda dahshatli YTH yuz berdi
Foto: Toshkent viloyati YHXB
Toshkent viloyati Piskent tumanida “Damas” va “Cobalt” rusumli transport vositalari ishtirokida yoʻl-transport hodisasi sodir boʻldi. Bu haqda viloyat Yoʻl harakati xavfsizligi boshqarmasi xabar berdi.
Qayd etilishicha, bugun, 8-iyul kuni soat 09:00 larda Piskent tumani hududidan oʻtgan, Olmaliq shahri va Piskent tumanlarini bogʻlovchi mahalliy ahamiyatdagi avtomobil yoʻlining 14-kilometrida “Damas” va “Cobalt” rusumli avtomashinalar ishtirokida YTH yuz bergan.
Hodisa oqibatida 3 nafar harakat ishtirokchilari turli darajadagi tan jarohatlarini olib, shifoxonaga yotkizilgan.
Hozirda holat yuzasidan Piskent tumani IIB xodimlari tomonidan tergovga qadar surishtiruv ishlari olib borilmoqda.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Komiljonov Muxammadsolih Sobirjon oʻgʻlining “Salomatlik landshaftlarini tashkil etish tamoyillarini ishlab chiqish” mavzusidagi (arxitektura fanlari boʻyicha) falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasining himoyasi eʼloni
- «Yevroosiyo Banki» Aksiyadorlik jamiyatining tugatish komissiyasi xabari
- Doʻstlik va hamkorlikni kengaytirgan forum (+fotoreportaj)
- Namangan – yangilanish va goʻzallik shahri
- Oʻzbekiston yoki Misr. Qaysi terma jamoa kuchli?
- Yangilanayotgan Markaziy Osiyo: birlik, doʻstlik va hamkorlikning yangi bosqichi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring