Pensionerning bank kartasi muddati tugaganda pensiya toʻlanishi toʻxtatiladimi?
Pensiya jamgʻarmasi pensiya puli tushadigan plastik karta muddati oʻtib qolganda pensiyani qanday olish toʻgʻrisida maʼlumot berdi.
Jamgʻarmaning maʼlum qilishicha, agar pensionerning bank plastik kartasi muddati tugagan boʻlsa, yangi plastik kartasini olish uchun ariza bilan tijorat banklari filiallariga yoki bank mobil ilovalari orqali onlayn shaklda murojaat qilishi mumkin boʻladi.
Bank tomonidan ariza qabul qilingandan soʻng, pensionerga yangi plastik karta ochiladi va keyingi oydan boshlab pensionerning pensiya mablagʻlari yangi plastik kartaga oʻtkazib beriladi.
Pensionerning bank plastik kartasi muddati tugaganligi sababli pensiya toʻlanishi toʻxtatilmaydi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- G20 sammitining Janubiy Afrikada oʻtkazilishi sharmandali holat – Tramp
- AQSH va Britaniya Suriya muvaqqat prezidenti Axmad ash-Sharʼani “qora roʻyxat”dan chiqardi
- Oʻzbekiston U-17 terma jamoasi Jahon chempionatidagi ikkinchi oʻyinida magʻlub boʻldi
- Oʻzbekiston milliy terma jamoasining xalqaro musobaqa uchun qaydnomasi eʼlon qilindi
- Turkiya sudi Netanyahuni Gʻazoda genotsid sodir etganlikda ayblab, hibsga olish orderini maʼqulladi
- Rossiya NATOga hujum qilish uchun shay holatda — Bundesver generali
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring