Pensiya tayinlashda oʻzgarishlar boʻlyapti
Kuni kecha Oliy Majlis Qonunchilik palatasining majlisida “Fuqarolarning davlat pensiya taʼminoti toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuniga hamda Oʻzbekiston Respublikasining Mehnat kodeksiga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish haqida»gi qonun loyihasi deputatlar tomonidan ikkinchi oʻqishda qabul qilindi.
Xoʻsh, mazkur hujjat bilan amaliyotda qanday oʻzgarishlar,
Birinchidan, Chernobil halokati oqibatida III guruh nogironligi boʻlgan shaxslarga pensiya tayinlash masalasi “Fuqarolarning davlat pensiya taʼminoti toʻgʻrisida”gi Qonunida oʻz aksini topmaganligi sababli, qonun loyihasida ushbu toifadagi shaxslarga pensiya tayinlash huquqi qonun bilan mustahkamlab qoʻyilmoqda.
Ikkinchidan, boquvchisini yoʻqotganlik pensiyasi toʻlovlarini marhumning qaramogʻidagi farzandlariga, ular 18 yoshgacha, agar umumiy oʻrta taʼlim muassasasi, akademik litsey va oliy taʼlim muassasasida oʻqiyotgan boʻlsa 23 yoshga toʻlgunga qadar boquvchisini yoʻqotganlik pensiyasini toʻlanishi belgilanmoqda.
Uchinchidan, nogironligi bolalikdan boʻlgan bolalarga 18 yoshgacha qaragan davrini ish stajiga qoʻshib hisoblash, bolani parvarishlash taʼtillarida boʻlish vaqtini hammasini jamlaganda koʻpi bilan 6 yillik davrini ish stajiga qoʻshib hisoblash nazarda tutilmoqda.
Toʻrtinchidan, respublika hududida karantinli va inson uchun xavfli boʻlgan boshqa yuqumli kasalliklar tarqalishi tahdidi mavjud boʻlgan davrda amal qilib turgan davrda pensiya olish huquqi vujudga kelgan fuqarolar, ushbu tadbirlar (cheklovlar) davrida yoki tugagandan soʻng bir oy ichida pensiya tayinlashni soʻrab murojaat etgan taqdirda, ularga pensiya uni olish huquqi paydo boʻlgan sanadan tayinlash belgilab qoʻyilyapti.
Eng muhimi, loyiha bilan bolani parvarishlash taʼtillari davrida ayolning ish joyi (lavozimi) saqlanishi, bu taʼtillar mehnat stajiga lekin hammasini jamlaganda koʻpi bilan olti yil, shu jumladan mutaxassisligi boʻyicha ish stajiga ham qoʻshilishi belgilab qoʻyildi.
Bir soʻz bilan aytganda, mazkur hujjat ijtimoiy himoyani kuchaytirishga, yetim bolalarning huquq va erkinliklarini roʻyobga chiqarishga, ularni davlat tomonidan qoʻllab-quvvatlash mexanizmlarini yanada takomillashtirishga xizmat qiladi.
Oʻrol OʻROZBOYEV,
Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputati.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- AQSH Adliya vazirligi Epshteyn ishi boʻyicha 3 millionta faylni eʼlon qildi
- Tramp Kubadan kelayotgan tahdid sabab AQSHda favqulodda holat eʼlon qildi
- Oʻzlikni anglash sari muhim qadam: “Milliy qadriyatlar atlasi” kitob-albomi taqdimot qilindi (+video)
- Buyuk shoirning Samarqanddagi tabarruk izlari
- Urush, jasorat va sport: hafta davomida dunyo eʼtiborini tortgan 10 ta surat
- “Humans” Oʻzbekistondan yuzlab million dollar zararni qoplashni talab qilmoqda
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring