Pensiya hisoblashda inobatga olinadigan oʻrtacha ish haqi miqdori oshirildi
Foto: Arxiv surat
2023-yil 1-yanvardan boshlab pensiyalarini hisoblab chiqarish uchun qabul qilinadigan oʻrtacha oylik ish haqining eng yuqori chegarasi pensiyani hisoblash bazaviy miqdorining oʻn barobaridan oʻn ikki barobariga oshirilishi belgilangan.
Bunda, pensiya tayinlashda hisobga olingan oʻrtacha oylik ish haqi miqdori 3 mln. 240 ming soʻmdan yuqori boʻlgan pensionerlarning pensiyalari qayta hisob-kitob qilib chiqiladi.
Bugungi kunda Moliya vazirligi huzuridagi byudjetdan tashqari Pensiya jamgʻarmasi tomonidan oʻrtacha oylik ish haqi miqdori 3 mln. 240 ming soʻmdan yuqori boʻlgan barcha pensionerlarning pensiyalari qayta hisob-kitob qilinib, pensiyasi oshadigan fuqarolarga joriy yilning dekabr oyida SMS xabar yuborildi.
Eslatib oʻtamiz, pensiyalarning miqdori avtomatik tarzda qayta hisob-kitob qilinib, bunda pensionerlarning Pensiya jamgʻarmasiga murojaat etish zaruriyati yoʻq.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- “Analog turmush tarzi”. Insonlarda sunʼiy intellektga qarshi kayfiyat kuchaymoqda
- Dunyo boʻylab qon va koʻzyosh bilan oʻtgan bir hafta — 20 ta suratda
- “Nigilist pingvin”. Ruhan ezilgan va hayotdan maʼno izlayotganlar uchun noodatiy mem ommalashmoqda
- “Butun el-yurtimizni birlashtiradigan ulugʻ bir gʻoya bor. U ham boʻlsa, Vatan manfaati, xalqimiz manfaatidir”
- Tarix va zamonaviylik uygʻunlashgan shahar — Turkiya poytaxtidan fotoreportaj
- Kuchli qichishish va jismoniy azobdan tashqari, insonni ruhan ham yemiradi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring