Pekin yana “COVID-19”ga qarshi kurashga qaytmoqda

Foto: centralasia.media
Mamlakat poytaxtidagi “COVID-19” bilan epidemiologik vaziyat tufayli Xitoy Pekindagi maxsus kasalxonani yana qayta ochishga qaror qildi.
Gap shundaki, soʻnggi kunda respublika boʻylab 50 mingdan ortiq yangi infeksiya holatlari qayd etilgan.
«Kasallikni simptompsiz hamda yengil holatlarini davolash uchun “COVID-19” epidemiyasining oldini olish va nazorat qilish komissiyasi 2022-yilning 1-mayidan boshlab Syaotangshan kasalxonasini rasman ochishga qaror qildi», deydi Pekin shahar sogʻliqni saqlash komissiyasi direktori oʻrinbosari Li An.
Shuningdek, iqtisodiy xarajatlar ortib borayotganiga va aholining noroziligiga qaramay, Pekinda jamoat joylariga borish yanada cheklamoqda. Unga koʻra, poytaxtdagi restoranlar vaqtincha yopiladi va aholi jamoat joylariga tashrif buyurish uchun “COVID-19” testini topshirishi kerak.
May oyidagi besh kunlik bayram Xitoydagi eng gavjum sayohat davrlaridan biri hisoblanadi. Shunga qaramay, rasmiylar odamlar uylarida qolishiga umid qilmoqda.
Manbada qayd etilishicha, Xitoy hukumati “Omikron” shtammiga qarshi ommaviy test sinovlari va jamoat joylarini yopib virus tarqalishini bostirishga harakat qilmoqda.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Jahon olimlari nigohi yana Oʻzbekistonga qaratildi
- Prezident Oʻzbekiston oʻqituvchi va murabbiylariga tabrik yoʻlladi
- Oʻzbekistonda dollar kursi oʻzgardi
- Oʻzbekistonda dollarning rasmiy kursi oʻzgardi
- Prezident Ismoil Joʻrabekov vafoti munosabati bilan hamdardlik bildirdi
- Oʻzbekiston va Turkmaniston: barqaror rivojlanish yoʻlidan borayotgan davlatlar
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring