Pekin-2022. Umumjamoa hisobida peshqadam oʻzgardi

12:03 09 Fevral 2022 Dunyo
1011 0

Pekin-2022 qishki Olimpiya oʻyinlarida beshinchi kun bahslariga start berildi. Kunning ilk medallar jamlanmasi fristaylning big eyr yoʻnalishida erkaklar oʻrtasida oʻynaldi. Bu haqda Oʻzbekiston Olimpiya qoʻmitasi matbuot xizmati maʼlum qildi.

Unda oʻz dasturi bilan yuqori natija qayd etgan norvegiyalik Birk Rud jamoasi hisobiga toʻrtinchi oltin medalni taqdim etibgina qolmay, umumjamoa hisobida ularni birinchi oʻringa olib chiqdi. Kumush va bronza medallari mos ravishda amerikalik Kolbi Stivenson hamda shvetsiyalik Xenrik Xarlautga nasib etdi.

Pekin-2022. Fristayl

Erkaklar, big eyr:

1. Birk Rud (Norvegiya);

2. Kolbi Stivenson (AQSH);

3. Xenrik Xarlaut (Shvetsiya).

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Ko‘p o‘qilganlar

Yangiliklar taqvimi

Кластер