Parranda goʻshtini eksport qilishdagi cheklovlar bekor qilindi
Kecha, 27-iyun kuni Prezident Shavkat Mirziyoyevning “Parrandachilik sohasini yanada qoʻllab-quvvatlash, zamonaviy genetik texnologiyalar va kooperatsiya tizimini joriy etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi Qarori (PQ-238-son) qabul qilindi.
Qaror bilan kooperatsiya tizimiga asoslangan “Agroparranda klasteri” loyihasi amalga oshiriladi.
2030-yil 1-yanvargacha parrandachilik mahsulotlari ishlab chiqaruvchi tadbirkorlik subyektlari yuridik shaxslardan olinadigan yer soligʻini (ekin maydonlaridan tashqari) toʻlashdan ozod etiladi.
2024-yil 1-iyuldan parranda goʻshtini (TIF TN kodi 0207) eksport qilishda mavjud barcha cheklovlar bekor qilinadi.
Shuningdek, 2024-yil 1-oktyabrdan yangi soʻyilgan, sovutilgan yoki muzlatilgan uy parrandasi goʻshti va qoʻshimcha ozuqabop mahsulotlari (butun goʻsht, qanot, bel, boʻyin, okorochok, golen, son, qiyma va teri) Oʻzbekiston hududiga olib kirishda belgilangan bojxona boji boʻyicha berilgan imtiyoz bekor qilinadi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Alisher Navoiy – ilm va maʼno ehtiyoji manbai
- Investorlar uchun eng jozibador hudud yoxud investitsiya oqimidagi keskin tafovutning sabab va oqibatlari
- Ilm-fan sohasida xotin-qizlarga yaratilgan imkoniyatlarga bagʻishlangan anjuman
- Bedilni xalqqa tanitgan xattot
- Oʻzbekistonda inson aʼzolarini 3D bioprinterda chop etish imkoniyati yaratilmoqda
- Oʻzlikni anglash sari muhim qadam: “Milliy qadriyatlar atlasi” kitob-albomi taqdimot qilindi (+video)
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring