Parkent tumaniga kirish va chiqish cheklandi
Arxiv foto
Koronavirus infeksiyasining tarqalishiga qarshi chora sifatida Parkent tumaniga kirish va chiqish cheklandi. Bu haqda Toshkent viloyati hokimligi xabar bermoqda.
"Bugungi kungacha tuman hududini xavfli infeksiyadan batamom tozalashda tuman hokimligi, SEOM, IIB, harbiylar va boshqa mutasaddi tashkilotlar tomonidan ishlar amalga oshirilmoqda.
Bunda karantin qoidalariga qatʼiy amal qilgan holda faoliyatni davom ettirish oʻta muhimdir. Tuman markaziga olib kiradigan koʻchalarda ortiqcha avtomobil harakatini cheklash va aholini maqsadsiz koʻchaga chiqishini oldi olinmoqda”, - deyiladi xabarda.
Bu ishlarni tashkil etishda tumanda boʻlib turgan harbiylarning xizmatlari katta. Shu munosabat bilan bugun Parkent tumani hokimi Nigʻmat Muhammedov tomonidan blok-postlarda xizmat oʻtayotgan harbiylar ragʻbatlantirildi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Abduqodir Husanov yana bir bor “Real Madrid”ga qarshi oʻynaydi
- Bolalar saratoniga qarshi kurash: xalqaro hamkorlikdagi muhim qadam
- Superliganing 2026-yilgi mavsumi boshlanmoqda
- Har burchagida tarix yashiringan shahar — Londondan fotoreportaj
- Dzyudo boʻyicha Toshkent “Katta dubulgʻa” musobaqasi boshlandi
- 1-mart — Zulfiya tavallud topgan kun. “Bugun tunda kelarmish bahor”
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring