Parijda Eyfel minorasi vaqtincha yopildi
Fransiyada hukumat taklif qilgan tejamkorlik choralariga qarshi oʻtkazilayotgan umumxalq norozilik namoyishi sababli Parijdagi Eyfel minorasi 18-sentyabrdan tashrif buyuruvchilar uchun yopildi. Bu haqda obidaning rasmiy saytida eʼlon qilingan.
Maʼlumotga koʻra, minoraning ostidagi maydon soat 21:00 gacha (Toshkent vaqti bilan 00:00) ochiq boʻlgan.
Norozilik namoyishlari mamlakat boʻylab keng koʻlamda oʻtkazilmoqda. Hukumat prognoziga koʻra, bugungi mitinglarda qariyb 900 ming kishi ishtirok etishi kutilmoqda.
Tartibni saqlash uchun Ichki ishlar vazirligi 80 mingdan ortiq politsiya va jandarmeriya xodimlarini, shuningdek, zirhli texnika va dronlarni safarbar qilgan.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Prezident Oʻzbekiston bojxona sohasi xodimlariga tabrik yoʻlladi
- “Nigilist pingvin”. Ruhan ezilgan va hayotdan maʼno izlayotganlar uchun noodatiy mem ommalashmoqda
- Tarix va zamonaviylik uygʻunlashgan shahar — Turkiya poytaxtidan fotoreportaj
- Toshkentda Osiyo Olimpiya kengashiga yangi rahbar saylandi (+fotoreportaj)
- Oʻzbekiston armiyasi Markaziy Osiyoda birinchi o'rinda — dunyo armiyalari reytingi eʼlon qilindi
- Tabiat va sivilizatsiya uyg‘unlashgan shahar – Syurixdan fotoreportaj
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring