Paralimpiya sport turlari boʻyicha sport terma jamoalarini shakllantirish tartibi belgilandi

15:48 08 Oktyabr 2025 Jamiyat
232 0

Hukumat qarori (630-son, 08.10.2025-y.) bilan “Paralimpiya sport turlari boʻyicha sport terma jamoalarini shakllantirish tartibi toʻgʻrisida”gi nizom tasdiqlandi. Bu haqida “Huquqiy axborot” Telegram-kanali xabar berdi.

Unda aytilishicha, mazkur Nizom iqtidorli sportchilarni aniqlash, tanlash va saralash (seleksiya) orqali paralimpiya sport turlari boʻyicha sport terma jamoalarini shakllantirish tartibini belgilaydi.

Quyidagilar sport terma jamoalarini va ularning zaxirasini shakllantirishning asosiy vazifalari hisoblanadi:

  • paralimpiya sport turlari boʻyicha respublika va xalqaro nufuzli sport musobaqalarida yuqori natijadorlikni taʼminlash;
  • sportchilarni tayyorlashning ilgʻor metodlarini oʻquv-mashgʻulot jarayoniga joriy etish;
  • sportchilarning jismoniy, texnik-taktik, psixologik tayyorligini takomillashtirish, ularning sport mahoratini oshirish;
  • jismoniy tarbiya-sport harakatini va sogʻlom turmush tarzini targʻib qilish.

Shuningdek, sport terma jamoalarini va ularning zaxirasini shakllantirishga faqat Oʻzbekiston Respublikasi Sport vazirligi tomonidan belgilangan tartibda Sport turlari reyestriga kiritilgan paralimpiya sport turlari boʻyicha yoʻl qoʻyiladi.

Sport terma jamoalarining tarkiblari tegishli buyruq bilan 1-yil muddatga tasdiqlanadi va kalendar yilning 1-yanvaridan 31-dekabrigacha amal qiladi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Ko‘p o‘qilganlar

Yangiliklar taqvimi

Кластер