“Panorama Airways” Toshkent — Madina — Toshkent yoʻnalishi boʻyicha parvozlarni bekor qildi
“Panorama Airways” aviakompaniyasi Toshkent — Madina — Toshkent yoʻnalishi boʻyicha bir nechta reyslarni vaqtincha bekor qildi. Xususan, 2023-yil 9-noyabrdagi 5P-361/362 va 5P-363/364 reyslari bekor qilindi.
Ayni damda mahalliy aviatashuvchining 5P-363 reysini amalga oshirayotgan samolyot texnik sabablarga koʻra Madina aeroportida turibdi. Toshkentdan parvoz avvaliga kechiktirilgan edi, biroq ertalabdan u aviakompaniya tomonidan rasman bekor qilingan.
Ushbu reysning 246 nafar yoʻlovchisi Toshkent aeroportida 12 soat kutishdan soʻng “Panorama Airways” vakillari tomonidan mehmonxonalarga joylashtirildi.
Ushbu reyslarning joʻnab ketishi haqida maʼlumot olish uchun “Panorama Airways” vakillariga murojaat qilish tavsiya etiladi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- G20 sammitining Janubiy Afrikada oʻtkazilishi sharmandali holat – Tramp
- AQSH va Britaniya Suriya muvaqqat prezidenti Axmad ash-Sharʼani “qora roʻyxat”dan chiqardi
- Oʻzbekiston U-17 terma jamoasi Jahon chempionatidagi ikkinchi oʻyinida magʻlub boʻldi
- Oʻzbekiston milliy terma jamoasining xalqaro musobaqa uchun qaydnomasi eʼlon qilindi
- Turkiya sudi Netanyahuni Gʻazoda genotsid sodir etganlikda ayblab, hibsga olish orderini maʼqulladi
- Komiljonov Muxammadsolih Sobirjon oʻgʻlining “Salomatlik landshaftlarini tashkil etish tamoyillarini ishlab chiqish” mavzusidagi (arxitektura fanlari boʻyicha) falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasining himoyasi eʼloni
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring