«Pandora arxivi»da vazir Sardor Umurzakovning turmush oʻrtogʻi ismi ochiqlandi. Vazirlik bu holatga izoh berdi

18:33 17 Aprel 2022 Jamiyat
1915 0

Foto: Illustrativ foto

Bosh vazir oʻrinbosari — investitsiyalar va tashqi savdo vaziri Sardor Umurzakovning turmush oʻrtogʻi Nodira Umurzakova va qaynotasi Marlen Azizov ismlari «Pandora arxivi»da ham ochiqlangan.

Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi matbuot xizmatining maʼlum qilishicha, Marlen Azizov 90 yillarda Rossiya va qator Yevropa mamlakatlarida tadbirkorlik faoliyati bilan shugʻullangan. Nodira Umurzakova esa hech qachon tadbirkorlik faoliyati bilan shugʻullanmagan va chet eldagi qandaydir aktiv yoki koʻchmas mulkning benefitsiari yoki mulkdori boʻlmagan.

Vazirlikning qoʻshimcha qilishicha, “Pandora Papers” hujjatlarida uning ismi keltirilishi Marlen Azizovning oila aʼzosi sifatida xato koʻrsatilishi bilan bogʻliq boʻlishi mumkin. Hozirda bunday noaniqlik sababi oʻrganilmoqda.

Roʻyxatda, shuningdek, bosh vazirning birinchi oʻrinbosari Ochilboy Ramatovning turmush oʻrtogʻi Rano Ramatovaning nomi ham keltirilgan, “bu axborot yolgʻon boʻlib, haqiqatga mutlaqo toʻgʻri kelmaydi”. OCCRP esa mamlakatdagi yirik biznes loyihalaridan birida uning maxfiy rolini qayd etgan.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Ko‘p o‘qilganlar

Yangiliklar taqvimi

Кластер