Pandemiya davrida dunyo boʻyicha OIV, sil va bezgakdan oʻlim koʻrsatkichlari ortgan — JSST

Illustrativ foto
Koronavirus pandemiyasi avj olgan davrda dunyoning aksariyat davlatlari asosiy eʼtiborni ushbu kasallikni jilovlashga qaratdi. Oqibatda boshqa yuqumli xastaliklar profilaktikasi va muolajasida qator oqsoqliklar yuzaga keldi.
Jahon sogʻliqni saqlash tashkiloti rahbari Tedros Gebreyesusning taʼkidlashicha, soʻnggi yillarda Yer yuzi boʻyicha OIV, bezgak va silga qarshi kurash borasida “ildam qadam”lar toʻxtagan yoki ortga ketgan.
Global jamgʻarma ijrochi direktori Piter Sends ham ushbu xulosalarni tasdiqlar ekan, pandemiya tufayli 2021-yilda OIV, sil va bezgak oqibatida hayotdan koʻz yumganlar soni sezilarli darajada oshganini qayd etdi.
Qolaversa, ushbu davrda jahonda OIVga tekshiruvlar soni 41 foizga, sil kasalligini aniqlash, davolash va oldini olishga qaratilgan murojaatlar koʻrsatkichi esa 56 foizga kamaygan. Bu holat koʻproq past va oʻrta daromadli mamlakatlarda kuzatilmoqda.
Shu bois, JSST yuqumli kasalliklarga qarshi immunizatsiya jarayonini kuchaytirish lozim, degan xulosada.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Prezident Oʻzbekiston oʻqituvchi va murabbiylariga tabrik yoʻlladi
- Oʻzbekiston va Turkmaniston: barqaror rivojlanish yoʻlidan borayotgan davlatlar
- Toshkentda “Oʻzbekkosmos” va “NASA” agentliklari hamkorligida “NASA Space Apps Challenge 2025” Hakaton tadbiri oʻtkazilmoqda
- Saudiya Arabistonida “Oʻzbekiston madaniyati kunlari” davom etmoqda
- Super oy: Bugun Yerning tabiiy yoʻldoshi odatdagidan ancha katta koʻrinmoqda
- Tuman va shahar hokimi oʻrinbosarlari soni qisqartiriladi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring