“Paxtakor”ni Toshkentda tiz choʻktirgan Saudiya klubi terma jamoamizning asosiy oʻyinchisini transfer qildi
Oʻzbekiston milliy terma jamoasining asosiy yarim himoyachisi Otabek Shukurov faoliyatini Saudiya Arabistonida davom ettiradi. Bu haqda klub rasmiy sayti xabar berdi.
Maʼlum boʻlishicha, Otabek Shukurov faoliyatini Saudiyaning “Al-Fayha” klubida davom ettiradi. Saudiyaliklar Shukurov uchun “Kayserispor” jamoasiga 400 ming yevro toʻlab beradi. Otabek yangi jamoasi bilan bir yilga moʻljallangan shartnoma imzoladi.
Eslatib oʻtamiz, Shukurov qishda “Kayserispor” bilan bitim imzolagandi. Undan oldin esa Turkiyaning boshqa bir jamoasi “Fotih Karagyumruk” safida toʻp surgandi.
28 yoshli futbolchi professional faoliyatini 2014-yilda “Mashʼal” klubida boshlagan. Undan tashqari “Bunyodkor”, “Buxoro” va “Sharja” klublari sharafini ham himoya qilgan.
Qayd etish kerakki, oʻtgan mavsumda Osiyo Chempionlar ligasi doirasida “Al-Fayha” klubi ikki oʻyinda ham mamlakatimiz chempioni “Paxtakor” klubini Toshkentda 1:4 hisobida yutgandi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- 21-oktyabr – Oʻzbek tili bayrami kuni
- Roʻziqul Berdiyevning matbuot anjumanidagi fikrlari yuzasidan surishtiruv oʻtkaziladi
- Oʻzbekistonda Kasbiy taʼlim agentligi tashkil etiladi
- Tramp Koreya yarimorolidagi mojaroga yakun yasashga vaʼda berdi
- Oʻzbekistonning yangi trayektoriyasi: Asosiy xorijiy transferlar xaritasi
- AQSH Rossiyaga bosim oʻtkazishning muqobil usullarini oʻrganmoqda
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring