Payariqda yangi korxona ish boshlashi bilan 55 kishining bandligi taʼminlandi
Foto: «Xalq soʻzi»
Abdulaziz YOʻLDOSHEV/«Xalq soʻzi». Kunlar isigani sayin suv va boshqa salqin ichimliklarga boʻlgan talab ortib boradi.
Shuni hisobga olgan holda Payariq tumanida «Anisabonu Fayz baraka» masʼuliyati cheklangan jamiyatiga qarashli har xil turdagi suv ichimliklari ishlab chiqaruvchi yangi korxona ish boshladi.
Tumanning «Xalqobod kichik sanoat zonasi»da joylashgan mazkur korxonaning loyiha qiymati 1 million 350 ming AQSH dollariga teng boʻlib, uning ishga tushishi bilan 55 kishining bandligi taʼminlandi.
Yangi korxonaning ochilish marosimiga bagʻishlangan tadbirda tumandagi sektor rahbarlari, hokim oʻrinbosarlari, tadbirkorlar hamda keng jamoatchilik vakillari ishtirok etdi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Alisher Navoiy – ilm va maʼno ehtiyoji manbai
- Investorlar uchun eng jozibador hudud yoxud investitsiya oqimidagi keskin tafovutning sabab va oqibatlari
- Ilm-fan sohasida xotin-qizlarga yaratilgan imkoniyatlarga bagʻishlangan anjuman
- Oʻzbekistonda inson aʼzolarini 3D bioprinterda chop etish imkoniyati yaratilmoqda
- Bedilni xalqqa tanitgan xattot
- Milliy naqshlarda oʻzligimiz namoyon
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring