Ozod Sharafiddinov tavalludining 96 yilligi munosabati bilan Adiblar xiyobonida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi
Foto: Yunus Boʻriyev/“Xalq soʻzi”
Bugun Oʻzbekiston jurnalistika va ommaviy kommunikatsiyalar universiteti hamda Oʻzbekiston Yozuvchilar uyushmasi hamkorligida Adiblar xiyobonida Oʻzbekiston Qahramoni Ozod Sharafiddinov tavalludining 96 yilligi munosabati bilan madaniy-maʼrifiy tadbir boʻlib oʻtdi.
Tadbir dastlab Oʻzbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi harbiy orkestri va talabalar joʻrligida Oʻzbekiston Respublikasi Davlat madhiyasi yangrashi bilan boshlandi. Keyinchalik, Oʻzbekiston jurnalistika va ommaviy kommunikatsiyalar universiteti, Oʻzbekiston Respublikasi Oila va xotin-qizlar qoʻmitasi hamda Oʻzbekiston Yozuvchilar uyushmasi jamoalari tomonidan adib haykali poyiga gul qoʻyish marosimi amalga oshirildi.
Tadbirni Oʻzbekiston jurnalistika va ommaviy kommunikatsiyalar universiteti rektori, siyosiy fanlar doktori, professor Sherzodxon Qudratxoʻja ochib berdi. U Ozod Sharafiddinovning sharafli hayotiy faoliyati va ijodi haqida keng qamrovli maʼlumotlar taqdim etdi. Shundan soʻng, Yozuvchilar uyushmasi raisi oʻrinbosari Gʻayrat Majid soʻz olib, bunday madaniy-maʼrifiy tadbirlarning yoshlarimiz uchun adabiyotimizning namoyondalaridan ibrat olishiga sabab boʻlishining ahamiyati taʼkidlandi. Tadbir davomida Ozod Sharafiddinovning oila aʼzolari, shogirdlari va u bilan suhbatdosh boʻlganlarning fikrlari tinglandi.
Tadbirda universitet talabalari va hamkor tashkilotlar vakillari tomonidan ijodiy sahna koʻrinishlari namoyish etilib, yigʻilgan ijodiy ishlar auditoriyaning eʼtiborini qozondi. Tadbir yakunida esa Ozod Sharafiddinov nomidagi maxsus stipendiya sovrindorlari munosib tarzda taqdirlandi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Oʻzbekiston milliy terma jamoasi uchun Jahon chempionati qurʼasi omadli oʻtdimi?
- “Matonatli Maryam” filmi keng jamoatchilikka taqdim etildi
- Ўзбекистон терма жамосининг Жаҳон чемпионатидаги ўйин саналари эълон қилинди
- AQSH Yevropadan NATO majburiyatlarining asosiy qismini oʻz zimmasiga olishni talab qildi
- FIDE jahon kubogi chempioni Javohir Sindarovni kutib olish marosimi boʻlib oʻtdi (+fotoreportaj)
- Reuters: Asadning Moskvadagi tarafdorlari Suriyada qoʻzgʻolon rejalashtirmoqda
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring