“Oʻzmetkombinat”ga yangi rahbar tayinlandi

Foto: O‘zmetkombinat
Dilshod Tursunqulovich Ahmedov “Oʻzbekiston metallurgiya kombinati” aksiyadorlik jamiyatiga yangi rahbar qilib tayinlandi. Bu haqda kombinat matbuot xizmati xabar berdi.
Qayd etilishicha, mazkur tayinlov joriy yilning 12-oktyabr kuni kombinat Kuzatuv kengashi raisi, bosh vazir Abdulla Aripov raisligida oʻtkazilgan yigʻilishda eʼlon qilingan.
“Yaqin orada Dilshod Ahmedovning tayinlanishi “Oʻzmetkombinat” kuzatuv kengashi va aksiyadorlari tomonidan ham tasdiqlanishi kutilmoqda”, deyiladi xabarda.
Ahmedov 1972-yilda tugʻilgan. I.M.Gubkin nomidagi Rossiya davlat neft va gaz universiteti bitiruvchisi hisoblanadi. Shuningdek, Moskva “Skolkovo” boshqaruv maktabida oʻqigan.
2021-yil yanvaridan “Oʻzmetkombinat” aksiyadorlik jamiyati boshqaruvi raisining birinchi oʻrinbosari sifatida, 2024-yil yanvardan esa Investitsiyalar, sanoat va savdo vaziri oʻrinbosari lavozimida ishlagan.
Dilshod Ahmedov 2021-yildan beri ushbu lavozimda ishlab nafaqaga chiqqan Rashid Husanovich Pirmatovning oʻrniga tayinlandi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Jahon olimlari nigohi yana Oʻzbekistonga qaratildi
- Prezident Oʻzbekiston oʻqituvchi va murabbiylariga tabrik yoʻlladi
- Oʻzbekistonda dollar kursi oʻzgardi
- Oʻzbekistonda dollarning rasmiy kursi oʻzgardi
- Prezident Ismoil Joʻrabekov vafoti munosabati bilan hamdardlik bildirdi
- Oʻzbekiston va Turkmaniston: barqaror rivojlanish yoʻlidan borayotgan davlatlar
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring