“Oʻzmetkombinat” hududida ishchilar uchun bepul avtobus qatnovi yoʻlga qoʻyildi

“Oʻzmetkombinat” AJ 330 gektardan ortiq maydonni egallaydi. Korxona avto yoʻl uzunligi 12 kilometr masofa boʻlgani uchun ishchilarning bir sexdan ikkinchisiga yoki ishga oʻz vaqtida yetib kelishida qiyinchiliklar boʻlar edi. Endi esa bu muammo oʻz yechimini topdi. Korxona rahbariyati ishchi-xodimlar uchun bepul avtobus qatnovini yoʻlga qoʻydi.
Kun davomida avtobuslar 14 ta qatnovni amalga oshiradi. Har 15 daqiqada qatnov taʼminlanadi. Ishchi oqimi koʻpaygan vaqtlarda qoʻshimcha reyslar ham yoʻlga chiqariladi. Smena almashinuvida esa avtobuslar yanada tez-tez qatnaydi.
Yangi tizim tufayli 9 mingga yaqin metallurg endi ish joyiga oʻz vaqtida, xavfsiz va qulay yetib keladi. Avtobus yoʻnalishlari kirish-chiqish darvozalarini, sexlarni, maʼmuriy binolarni, oshxonalarni va tibbiyot punktlarini oʻzaro bogʻlaydi. Harakat jarayoni dispetcher markazi orqali nazorat qilinadi. Jadvaldagi barcha oʻzgarishlar xodimlarga korporativ kanallar va ijtimoiy tarmoqlar orqali tezkor yetkaziladi.
Korxonada xavfsizlik birinchi oʻrinda turadi. Avtobuslar muntazam texnik koʻrikdan oʻtkaziladi. Haydovchilar uchun yoʻl harakati qoidalari va favqulodda holatlarda harakat qilish boʻyicha maxsus oʻquv mashgʻulotlari oʻtkaziladi. Hudud ichidagi piyodalar yoʻllari, belgilash va yoritish tizimi ham yangilanmoqda.
“Ish jarayonida kombinat hududi boʻylab harakatlanishda uzilishlar bor edi. Yaʼni transport yoʻqligi sababli bir tarkibiy boʻlinmadan boshqasiga borishda oʻrtacha yarim soat, hatto bir soatlab piyoda harakatlanishga toʻgʻri kelardi. Tabiiyki, bu ish samaradorligiga ham, kayfiyatga ham taʼsir qiladi. Endi esa erkaklar ham, ayollar ham ishga ham uyga ham ancha tezroq yetib kela oladi. Yoʻldagi charchoq yoʻqoladi, ishga ham zavq bilan kirishishadi deb oʻylayman“, deydi “Oʻzmetkombinat” boshqaruvi raisi Bahodir Abdullayev.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Prezident Oʻzbekiston oʻqituvchi va murabbiylariga tabrik yoʻlladi
- Oʻzbekiston va Turkmaniston: barqaror rivojlanish yoʻlidan borayotgan davlatlar
- Toshkentda “Oʻzbekkosmos” va “NASA” agentliklari hamkorligida “NASA Space Apps Challenge 2025” Hakaton tadbiri oʻtkazilmoqda
- Tuman va shahar hokimi oʻrinbosarlari soni qisqartiriladi
- Saudiya Arabistonida “Oʻzbekiston madaniyati kunlari” davom etmoqda
- Super oy: Bugun Yerning tabiiy yoʻldoshi odatdagidan ancha katta koʻrinmoqda
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring