“Oʻzimizni goʻyo urush holatida boʻlganday his qildik”: yangi yil arafasi Germaniya koʻchalarida tartibsizliklar avj oldi
Yangi yil arafasida Germaniya koʻchalari “urish holati”dagidek koʻrinish oldi. Bu haqida BILD nashri maʼlum qildi.
Germaniya federal politsiya kasaba uyushmasi rahbari Andreas Rosskopfning maʼlum qilishicha, mamlakat shaharlarida Yangi yil arafasida kuzatilayotgan tartibsizliklar tobora harbiy harakatlarni eslatmoqda.
Taʼkidlanishicha, soʻnggi yillarda Yangi yil arafasida politsiya xodimlari va qutqaruv xizmatlariga mushakbozlik vositalari bilan uyushtirilayotgan hujumlar achinarli anʼanaga aylanib ulgurgan. Shunga qaramay, ushbu muammoga rasmiylar tomonidan yetarli choralar koʻrilmagan.
“Afsuski, keng jamoatchilik noroziligiga qaramasdan, oxirgi Yangi yil arafasidagi tartibsizliklardan beri siyosiy jihatdan hech qanday oʻzgarish boʻlmadi. Yirik shaharlarimizning ayrim hududlarida oʻzimizni goʻyo urush holatida boʻlganday his qildik”, — deydi Andreas Rosskopf.
Shuningdek u, tergov jarayonlari juda choʻzilib ketayotgani va tartibsizliklarda ishtirok etgan shaxslarga nisbatan tayinlanayotgan jazolar koʻp hollarda haddan tashqari yumshoq ekanini tanqid qildi.
Rosskopf Berlin shahrini misol sifatida keltirib, 2025-yil noyabr oyi oxiriga kelib, oldingi Yangi yil arafasi bilan bogʻliq taxminan 230 ta jinoiy ish haligacha ochiq qolganini ochiqlagan.
Qoʻshimcha qilinishicha, bunday holatlarga barham berish uchun qonunbuzarlarga nisbatan qatʼiy jazolar zudlik bilan qoʻllanilishi shart.
“Bunday boʻlmasligi kerak. Hamkasblarimiz haqiqiy qoʻllab-quvvatlashga muhtoj, chunki aynan shu kunlarda ularning hayoti va sogʻligʻi jiddiy xavf ostida qoladi”, — deya taʼkidlagan u.
Soʻnggi yillarda har bir Yangi yil arafasida favqulodda xizmat xodimlarining xizmatga chiqishi jarohat olish xavfi yuqori boʻlgan vaziyatga aylangan.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- “Analog turmush tarzi”. Insonlarda sunʼiy intellektga qarshi kayfiyat kuchaymoqda
- Dunyo boʻylab qon va koʻzyosh bilan oʻtgan bir hafta — 20 ta suratda
- Prezident Oʻzbekiston bojxona sohasi xodimlariga tabrik yoʻlladi
- “Nigilist pingvin”. Ruhan ezilgan va hayotdan maʼno izlayotganlar uchun noodatiy mem ommalashmoqda
- Tarix va zamonaviylik uygʻunlashgan shahar — Turkiya poytaxtidan fotoreportaj
- Kuchli qichishish va jismoniy azobdan tashqari, insonni ruhan ham yemiradi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring