“Oʻzgidromet” tezkor ogohlantirish bilan chiqdi

11:31 15 Yanvar 2026 Jamiyat
210 0

Illyustrativ foto

Joriy yilning 16-19-yanvar respublikaning togʻli hududlarida qor koʻchish xavfi mavjud. Bu haqda “Oʻzgidromet” tezkor ogohlantirish eʼlon qildi.

Unga koʻra, ushbu kunlarda kutilayotgan yogʻingarchilik hamda havo haroratining oʻzgarishlari sababli sababli quyidagi hududlarda qor koʻchish xavfi eʼlon qilinadi.

• Qashqadaryo viloyati: Dehqonobod, Kitob, Qamashi, Shahrisabz tumanlarida;

• Surxondaryo viloyati: Boysun, Qumqoʻrgʻon, Sariosiyo, Uzun tumanlarida;

• Samarqand viloyati: Nurobod, Qoʻshrabot, Samarqand, Urgut tumanlarida;

• Jizzax viloyati: Baxmal, Zomin tumanlarida;

• Toshkent viloyati: Boʻstonliq, Parkent, Ohangaron tumanlari (Chotqol tizmasi togʻlari);

• Namangan viloyati: Pop tumanida.

Togʻli hududlarda istiqomat qiluvchi fuqarolar, dam oluvchilar hamda togʻli hududlarda harakatlanuvchi haydovchilardan, ehtiyotkorlik choralarini koʻrish soʻraladi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?