“Oʻzgidromet” sovuq va kuchli shamol kuzatilishidan ogohlantirdi
Foto: “Xalq soʻzi”
Joriy yilning 22-24-yanvar kunlari Oʻzbekiston hududiga nam va sovuq havo massalari kirib keladi. Bu haqda “Oʻzgidromet” agentligi xabar berdi.
Unga koʻra, 22-23-yanvar kunlari kechasi va ertalab Oʻzbekiston boʻyicha asosan qor koʻrinishidagi yogʻingarchilik boʻladi. Yoʻllarda baʼzi joylarda yaxmalak kuzatiladi.
Respublikaning togʻ oldi va togʻli hududlarida 22-23-yanvar kunlari qor yogʻadi, baʼzi joylarda kuchli boʻladi. Respublika boʻyicha baʼzi joylarda shamol tezligi 15-20 m/s gacha kuchayadi, ayrim joylarda baʼzida 22-25 m/s gacha kuchayishi mumkin.
Harorat 22-24-yanvar kunlari kechalari 3-8 daraja sovuqqacha, kunduz kunlari 3 daraja sovuq — 2 daraja iliqqacha, shimolda kechalari 12-15 daraja sovuqqacha, kunduz kunlari 2-5 daraja sovuqqacha pasayadi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Nega biz haligacha oʻzga sayyoraliklar bilan uchrashmaganmiz?
- Aholi va qishloq xoʻjaligini onlayn roʻyxatga olish boshlanishiga 3 kun qoldi
- 16-yanvar kuni baʼzi joylarda qor yogʻadi
- Raqamli Oʻzbekiston uchun kiber-huquqshunoslar: Prezident Farmoni yuridik taʼlimning yangi davrini ochadi
- Koʻrfaz arab davlatlari bozoriga bojsiz kirish imkoni yaratiladi
- Oʻzbekiston Respublikasining xorijdagi diplomatlaridan iborat delegatsiya aʼzolari Islom sivilizatsiyasi markaziga tashrif buyurdi (+fotoreportaj)
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring