“Oʻzgidromet” dam olish kunlari uchun ob-havo prognozini eʼlon qildi
Foto: Muhsin Umurzoqov / “Xalq soʻzi”
“Oʻzgidromet” 25-28-oktyabr kunlari kuzatiladigan ob-havo maʼlumotlarini eʼlon qildi.
Qoraqalpogʻiston Respublikasi va Xorazm viloyatida havo oʻzgaruvchan boʻladi, 25-26-oktyabrda yogʻingarchilik kutilmaydi. 27-28-oktyabrda baʼzi joylarda yomgʻir yogʻishi mumkin. Sharqiy shamol yoʻnalishini oʻzgartirib, gʻarbdan 7-12 m/s tezlikda esadi, 27-oktyabrda baʼzi joylarda 13-18 m/s gacha kuchayishi, ayrim joylarda chang-toʻzonlar bilan kuzatilishi mumkin. Harorat kechasi 3-8 daraja iliq, kunduzi 25-oktyabrda 21-26 daraja boʻladi, 26-28-oktyabrda 17-22 daraja gacha pasayadi.
Buxoro va Navoiy viloyatida havo oʻzgaruvchan boʻladi, 25-27-oktyabrda yogʻingarchilik kutilmaydi. 28-oktyabrda baʼzi joylarda yomgʻir yogʻishi mumkin. Sharqiy shamol yoʻnalishini oʻzgartirib, gʻarbdan 7-12 m/s tezlikda esadi, 27-oktyabrda baʼzi joylarda 13-18 m/s gacha kuchayishi, ayrim joylarda chang-toʻzonlar bilan kuzatilishi mumkin. Harorat kechasi 25-oktyabrda 8-13 daraja, 26-28-oktyabrda kechasi 6-11 daraja, kunduzi 25-27-oktyabrda 23-28 daraja, 28-oktyabrda 18-23 daraja boʻladi.
Toshkent, Sirdaryo, Jizzax va Samarqand viloyatida havo oʻzgaruvchan boʻladi, 25-27-oktyabrda yogʻingarchilik kutilmaydi. 28-oktyabrda baʼzi joylarda yomgʻir yogʻishi mumkin. Sharqiy shamol yoʻnalishini oʻzgartirib, gʻarbdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat 25-oktyabrda kechasi 10-15 daraja, kunduzi 23-28 daraja, 26-oktyabrda kechasi 10-15 daraja, kunduzi 21-26 daraja, 27-oktyabrda kechasi 8-13 daraja, kunduzi 21-26 daraja, 28-oktyabrda kechasi 8-13 daraja, kunduzi 18-23 daraja boʻladi.
Qashqadaryo va Surxondaryo viloyatida havo oʻzgaruvchan boʻladi, 25-27-oktyabrda yogʻingarchilik kutilmaydi. 28-oktyabrda baʼzi joylarda yomgʻir yogʻishi mumkin. Sharqiy shamol yoʻnalishini oʻzgartirib, gʻarbdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 25-26-oktyabrda 10-15 daraja, 27-28-oktyabrda 8-13 daraja, kunduzi 25-27-oktyabrda 23-28 daraja, 28-oktyabrda 21-26 daraja boʻladi.
Andijon, Namangan va Fargʻona viloyatida havo oʻzgaruvchan boʻladi, yogʻingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 5-10 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 8-13 daraja, kunduzi 25-oktyabrda 23-28 daraja, 26-28-oktyabrda 21-26 daraja boʻladi.
Respublikaning togʻli hududlarida havo oʻzgaruvchan boʻladi, 25-26-oktyabrda Toshkent viloyatida baʼzi joylarda qisqa muddatli yomgʻir yogʻadi, baland togʻli hududlarda qorga aylanishi mumkin. 27-oktyabrda yogʻingarchilik kutilmaydi. 28-oktyabrda respublikaning togʻli hududlarida baʼzi joylarda yomgʻir yogʻadi, baland togʻli hududlarda qorga aylanishi mumkin. Sharqiy shamol yoʻnalishini oʻzgartirib, gʻarbdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 5-10 daraja, kunduzi 25-oktyabrda 15-20 daraja boʻladi, 26-28-oktyabrda 8-13 daraja gacha pasayadi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- 21-oktyabr – Oʻzbek tili bayrami kuni
- Oʻz xalqini Siz kabi chin dildan sevadigan davlat rahbarini uchratmadim – “ACWA Power” kompaniyasi boshqaruvi raisi Muhammad Abunayyan
- Imtiyozli shartlarda pensiyaga chiqish huquqini beruvchi roʻyxatni tuzish tartibi belgilandi
- Ish bilan bogʻliq baxtsiz hodisalar va kasbga oid kasalliklar haqidagi maʼlumotlarning yaxlit tizimi yoʻqligi koʻrsatib oʻtildi
- Har bir hududda “Kasaba uyushmalari bogʻlari” tashkil etiladi
- Lamin Yamal “Barselona”ni tark etishi mumkin
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring