Oʻzboshimcha fuqarolar sabab jamiyat va davlat manfaatlariga 270 million soʻmdan ortiq zarar yetkazildi

Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Ishtixon tumani boʻlimi tomonidan tezkor tadbir oʻtkazildi, deb xabar bermoqda Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti.
Maʼlum boʻlishicha, oʻtkazilgan tergovga qadar tekshiruv davomida fuqaro Gʻ.T. “Ishtixon” MFY hududidagi noturar binoda tabiiy gaz tarmogʻiga oʻzboshimchalik bilan ulanib, 128,7 million soʻmlik tabiiy gazdan noqonuniy foydalanganligi aniqlangan.
Shu kabi yana bir holat departamentning Nurobod tumani boʻlimi tomonidan oʻtkazilgan tergovga qadar tekshiruvda ham aniqlangan.
Unga koʻra, fuqaro B.S. “Nurdum” MFY hududidagi xonadonida elektr tarmogʻiga tijorat maqsadida oʻzboshimchalik bilan ulanib, 144,9 million soʻmlik elektr energiyasidan noqonuniy foydalanganligi fosh qilingan.
Hozirda mazkur holatlar yuzasidan Jinoyat kodeksining 169-moddasi (oʻgʻrilik) bilan jinoyat ishlari qoʻzgʻatilib, tergov harakatlari boshlab yuborilgan.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Saudiya Arabistonida “Oʻzbekiston madaniyati kunlari” davom etmoqda
- Toshkentda “Oʻzbekkosmos” va “NASA” agentliklari hamkorligida “NASA Space Apps Challenge 2025” Hakaton tadbiri oʻtkazilmoqda
- Super oy: Bugun Yerning tabiiy yoʻldoshi odatdagidan ancha katta koʻrinmoqda
- JSST: Gʻazoda birorta shifoxona toʻliq ishlamayapti
- Aholi va qishloq xoʻjaligini roʻyxatga olishga tayyorgarlik koʻrish va uni oʻtkazish tartibi belgilandi
- Markaziy Osiyo pedagoglari Nukusda jam boʻldi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring