“Oʻzbekiston—Vengriya” biznes tadbiri boʻlib oʻtdi
Vengriyaga tashrifning ikkinchi kuni Oʻzbekiston delegatsiyasining Vengriya tadbirkorlari va kompaniyalari vakillari bilan amaliy uchrashuvi oʻtkazildi.
Uchrashuvda Vengriyaning 15 dan ortiq kompaniya va tashkilotlari vakillari ishtirok etdi.
Delegatsiya aʼzolari Oʻzbekistonda amalga oshirilayotgan keng koʻlamli islohotlar, iqtisodiy liberallashuv, sanoat modernizatsiyasi, xorijiy investitsiyalar uchun qulay muhit va davlat-xususiy sheriklik mexanizmlari haqida maʼlumot berdi. Shuningdek, ikki davlat oʻrtasidagi savdo-iqtisodiy, investitsiya, taʼlim va madaniy sohalardagi hamkorlik yoʻlga qoʻyilgani alohida taʼkidlandi.
Vengriya tadbirkorlari Oʻzbekiston bilan hamkorlikni kengaytirishga katta qiziqish bildirdi.
4iG raqamli yechimlar va telekommunikatsiya, H2O Konzorcium suv taʼminoti hamda ekologik texnologiyalar, Metrimed tibbiyot jihozlari va sogʻliqni saqlash, FANTASTIGO isteʼmol tovarlari, Limelog va Woodstock logistika hamda eksport-import sohalarida hamkorlik imkoniyatlari muhokama qilindi.
Tadbir doirasida Vengriyaning HEPA agentligining Oʻzbekiston bilan hamkorlik boʻyicha vakolatxonasi ochildi. Mazkur agentlik Oʻzbekiston va Vengriya oʻrtasidagi savdo-iqtisodiy, investitsiya aloqalarini rivojlantirishga xizmat qiladi.
Uchrashuv yakunida ikki tomonlama asosda maʼlumotlar almashuvini yoʻlga qoʻyish, loyiha takliflari tayyorlash va doimiy muloqot oʻrnatish boʻyicha kelishuvga erishdi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Prezident Oʻzbekiston bojxona sohasi xodimlariga tabrik yoʻlladi
- Toshkentda Osiyo Olimpiya kengashiga yangi rahbar saylandi (+fotoreportaj)
- “Yangi Oʻzbekiston yulduzlari” milliy mukofoti xalqaro darajaga koʻtarilmoqda
- AQSH Adliya vazirligi Epshteyn ishi boʻyicha 3 millionta faylni eʼlon qildi
- Tramp Kubadan kelayotgan tahdid sabab AQSHda favqulodda holat eʼlon qildi
- Toshkentdagi Xalqaro kongress markazida Osiyo Olimpiya kengashining 46-Bosh Assambleyasi boʻlib oʻtmoqda
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring