Oʻzbekistonning Turkiyadagi yangi elchisi tayinlandi
Oʻzbekistonning Turkiyaga yangi tayinlangan favqulodda va muxtor elchisi Ilhom Haydarov Anqara shahrida ish boshladi. Bu haqda “Dunyo” axborot agentligi maʼlum qildi.
U Turkiya Tashqi ishlar vazirligi Protokol bosh boshqarmasi boshligʻi, elchi Ahmet Jemil Mirogʻluga ishonch yorliqlari nusxalarini topshirgan.
Rasmiylar 21−22-iyun kuni Istanbulda boʻlib oʻtadigan Islom hamkorlik tashkiloti tashqi ishlar vazirlari kengashining 51-sessiyasida Oʻzbekiston delegatsiyasining ishtirokini muhokama qilishgan.
Ahmet Jemil Mirogʻlu, oʻz navbatida, yangi elchiga Istanbuldagi Tashqi iqtisodiy aloqalar kengashi bilan toʻgʻridan-toʻgʻri aloqalarni yoʻlga qoʻyishga yaqindan koʻmak koʻrsatishga tayyorligini bildirdi.
Eslatib oʻtamiz, 56 yoshli Ilhom Haydarov 2024-yil iyul oyidan buyon Oʻzbekiston tashqi ishlar vazirining oʻrinbosari lavozimida ishlab kelayotgandi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Abduqodir Husanov yana bir bor “Real Madrid”ga qarshi oʻynaydi
- Bolalar saratoniga qarshi kurash: xalqaro hamkorlikdagi muhim qadam
- Oʻzbekistonning 7 ta moddiy va nomoddiy madaniy meros obyektlari AYSESKO roʻyxatiga kiritildi
- Superliganing 2026-yilgi mavsumi boshlanmoqda
- Har burchagida tarix yashiringan shahar — Londondan fotoreportaj
- Erkaklar ayollarga nisbatan koʻproq kaloriya isteʼmol qilishi kerakmi?
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring