O‘zbekistonning tog‘li hududlarida aprelgacha qor ko‘chish xavfi e’lon qilindi
Foto: Интерфакс
Oʻzbekistonda 25—31-mart kunlari kutilayotgan vaqti-vaqti bilan kuchli yogʻingarchilik hamda havo haroratining sezilarli oʻzgarishlari sababli bir qator hududlarda qor koʻchish xavfi eʼlon qilindi. Bu haqda “Oʻzgidromet” xabar berdi.
Xabarga koʻra, respublikaning togʻli hududlari, jumladan:
- Qashqadaryo viloyati: Kitob, Shahrisabz, Qamashi, Dehqonobod tumanlarida;
- Surxondaryo viloyati: Qumqoʻrgʻon, Sariosiyo, Uzun, Boysun tumanlarida;
- Samarqand viloyati: Qoʻshrabot, Nurobod, Samarqand, Urgut, Bulungʻur tumanlarida;
- Jizzax viloyati: Zomin, Baxmal tumanlarida;
- Toshkent viloyati: Parkent, Ohangaron, Boʻstonliq tumani va Chotqol tizmasining “Chimyon” togʻlarida;
- Namangan viloyati: Pop tumani va Qamchiq dovoni hududida;
- Fargʻona viloyati: Soʻx, Fargʻona tumanlarida qor koʻchish xavfi eʼlon qilinadi.
“Togʻli hududlarda istiqomat qiluvchi fuqarolar, dam oluvchilar hamda mazkur yoʻnalishda harakatlanuvchi haydovchilardan ehtiyot choralarini koʻrishlarini soʻraymiz”, — deyiladi xabarda.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- AQSH Adliya vazirligi Epshteyn ishi boʻyicha 3 millionta faylni eʼlon qildi
- Tramp Kubadan kelayotgan tahdid sabab AQSHda favqulodda holat eʼlon qildi
- Oʻzlikni anglash sari muhim qadam: “Milliy qadriyatlar atlasi” kitob-albomi taqdimot qilindi (+video)
- Buyuk shoirning Samarqanddagi tabarruk izlari
- Urush, jasorat va sport: hafta davomida dunyo eʼtiborini tortgan 10 ta surat
- “Humans” Oʻzbekistondan yuzlab million dollar zararni qoplashni talab qilmoqda
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring