Oʻzbekistonning Tatariston bilan hamkorligi rivojlanmoqda
Qozon shahrida Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Raisining birinchi oʻrinbosari Sodiq Safoyev Tatariston Respublikasi Raisi Rustam Minnixanov bilan uchrashdi.
Suhbat chogʻida Oʻzbekiston va Rossiya Federatsiyasi oʻrtasidagi strategik sheriklik va ittifoqchilik munosabatlari tobora mustahkamlanib borayotgani, bu jarayonda Tataristonning oʻrni alohida ekani taʼkidlandi.
Sodiq Safoyev Rustam Minnixanovning Tataristonni har tomonlama rivojlantirish, Rossiyaning eng dinamik va innovatsion hududlaridan biriga aylantirish yoʻlidagi faoliyatini eʼtirof etdi.
Uchrashuvda ikki tomonlama aloqalarni yanada kengaytirish masalalari muhokama qilindi. Soʻnggi yillarda neft-gaz, neft-kimyo, avtomobilsozlik, sanoat va qishloq xoʻjaligi sohalarida bir qator qoʻshma loyihalar amalga oshirildi.
Shuningdek, Jizzax shahrida Qozon federal universiteti filiali faoliyat yuritayotgani va bu Oʻzbekiston hamda Tatariston oʻrtasida taʼlim sohasidagi hamkorlik samarasi ekani taʼkidlandi.
Uchrashuv yakunida tomonlar oʻzaro aloqalarni yanada faollashtirish, amaliy loyihalarni kengaytirish hamda ikki xalq oʻrtasidagi doʻstlik va hamjihatlikni yanada mustahkamlashga tayyor ekanliklarini bildirdi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Oʻzbekistonda inson aʼzolarini 3D bioprinterda chop etish imkoniyati yaratilmoqda
- Nodavlat sud-eksperti sifatida faoliyat yuritish yanada soddalashtiriladi
- “Istanbul Bashakshehir” mehmondan gʻalaba bilan qaytdi
- “E-ekspertiza” platformasi orqali elektron hujjatlar almashinuvini yoʻlga qoʻyish tartibi tasdiqlandi
- Ukrainaning uch viloyatida portlashlar qayd etildi. Qurbonlar bor
- Kotrina Kulbite — Litvaning “Eng yaxshi ayol murabbiyi”
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring