Oʻzbekistonning Gretsiyadagi elchisi tayinlandi
Foto: “Dunyo” AA
Oʻzbekistonning Gretsiyadagi Favqulodda va muxtor elchisi Abat Fayzullayev mamlakat Prezidenti Konstantinos Tasulasga ishonch yorliqlarini topshirdi. Bu haqda “Dunyo“ axborot agentligi xabar berdi.
Maʼlum qilinishicha, Afina shahrida oʻtgan marosim chogʻida Gretsiya yetakchisi yangi elchilarni samimiy tabriklab, ularga faoliyatida muvaffaqiyat tilagan. Shuningdek, elchilarning ikki va koʻp tomonlama munosabatlarni rivojlantirishga munosib hissa qoʻshishiga umid bildirgan.
Boʻlib oʻtgan qisqa suhbat chogʻida Konstantinos Tasulas dunyoda geosiyosiy qarama-qarshiliklar kuchayib borayotgan bir paytda Oʻzbekiston rahbariyatining muvozanatli diplomatiyasi mintaqaviy barqarorlik va xalqaro ishonchni mustahkamlashga muhim hissa qoʻshayotganini alohida taʼkidlagan.
Gretsiya yetakchisi Oʻzbekiston bilan ikki tomonlama munosabatlar yangi bosqichga koʻtarilganini alohida qayd etib, ikki mamlakat oʻrtasida siyosiy, iqtisodiy va madaniy aloqalarni yanada kengaytirish uchun yangi imkoniyatlar yaratilayotganini bildirilgan.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Alisher Navoiy – ilm va maʼno ehtiyoji manbai
- Investorlar uchun eng jozibador hudud yoxud investitsiya oqimidagi keskin tafovutning sabab va oqibatlari
- Ilm-fan sohasida xotin-qizlarga yaratilgan imkoniyatlarga bagʻishlangan anjuman
- Oʻzbekistonda inson aʼzolarini 3D bioprinterda chop etish imkoniyati yaratilmoqda
- Bedilni xalqqa tanitgan xattot
- Oʻzlikni anglash sari muhim qadam: “Milliy qadriyatlar atlasi” kitob-albomi taqdimot qilindi (+video)
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring