Oʻzbekistonning ayrim hududlarida 19-aprel kuni yomgʻir yogʻadi

05:41 19 Aprel 2022 Jamiyat
737 0

Foto: Illustrativ foto

“Oʻzgidromet” 19-aprel, seshanba kuni uchun ob-havo maʼlumotini eʼlon qildi.

Toshkent shahrida havo oʻzgarib turadi, kechasi va ertalab yomgʻir yogʻishi, momaqaldiroq boʻlishi mumkin. Kunduzi yogʻingarchilik kutilmaydi. Sharqiy shamol yoʻnalishini oʻzgartirib gʻarbdan 5-10 metr/sekund tezlikda esadi, 12-17 metr/sekundgacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi 15-17 daraja, kunduzi 25-27 daraja boʻladi.

Qoraqalpogʻiston Respublikasi, Xorazm viloyatida havo oʻzgarib turadi, yogʻingarchilik kutilmaydi. Shamol gʻarbdan 7-12 metr/sekund tezlikda esadi, baʼzi joylarda chang toʻzon bilan 17-22 metr/sekundgacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi 8-13 daraja, kunduzi 18-23 daraja boʻladi.

Buxoro, Navoiy viloyatlarida havo oʻzgarib turadi, yogʻingarchilik kutilmaydi. Shamol gʻarbdan 7-12 metr/sekund tezlikda esadi, baʼzi joylarda chang toʻzon bilan 17-22 metr/sekundgacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi 12-17 daraja, kunduzi 20-25 daraja boʻladi.

Toshkent, Sirdaryo viloyatlarida havo oʻzgarib turadi, baʼzi joylarda qisqa muddatli yomgʻir yogʻishi, momaqaldiroq boʻlishi mumkin. Sharqiy shamol yoʻnalishini oʻzgartirib gʻarbdan 5-10 metr/sekund tezlikda esadi, baʼzi joylarda chang toʻzon bilan 17-22 metr/sekundgacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi 12-17 daraja, kunduzi 22-27 daraja boʻladi.

Samarqand, Jizzax viloyatlarida havo oʻzgarib turadi, yomgʻir yogʻadi, baʼzi joylarda kuchli boʻlishi, momaqaldiroq boʻlishi mumkin. Shamol gʻarbdan 7-12 metr/sekund tezlikda esadi, baʼzi joylarda chang toʻzon bilan 17-22 metr/sekundgacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi 12-17 daraja, kunduzi 22-27 daraja boʻladi.

Qashqadaryo, Surxondaryo viloyatlarida havo oʻzgarib turadi, yomgʻir yogʻadi, baʼzi joylarda kuchli boʻlishi, momaqaldiroq boʻlishi mumkin. Shamol gʻarbdan 7-12 metr/sekund tezlikda esadi, baʼzi joylarda chang toʻzon bilan 17-22 metr/sekundgacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi 12-17 daraja, kunduzi 22-27 daraja boʻladi.

Andijon, Namangan, Fargʻona viloyatlarida havo oʻzgarib turadi, yogʻingarchilik kutilmaydi. Sharqiy shamol yoʻnalishini oʻzgartirib gʻarbdan 7-12 metr/sekund tezlikda esadi, baʼzi joylarda chang toʻzon bilan 17-22 metr/sekundgacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi 14-19 daraja, kunduzi 22-27 daraja boʻladi.

Respublikaning togʻli hududlarida havo oʻzgarib turadi, yomgʻir yogʻadi, baʼzi joylarda kuchli boʻlishi, momaqaldiroq boʻlishi mumkin. Shamol gʻarbdan 7-12 metr/sekund tezlikda esadi, baʼzi joylarda chang toʻzon bilan 17-22 metr/sekundgacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi 7-12 daraja, kunduzi 11-16 daraja boʻladi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Ko‘p o‘qilganlar

Yangiliklar taqvimi

Кластер