Oʻzbekiston- Litva oʻrtasidagi hamkorlik boʻyicha parlamentlararo guruhlarning yigʻilishi oʻtkazildi
Joriy yilning 27 noyabr kuni Oʻzbekiston Respublikasi va Litva oʻrtasidagi hamkorlik boʻyicha parlamentlararo guruhlarning birinchi yigʻilishi oʻtkazildi.
Taʼkidlanganidek, Oʻzbekiston va Litva oʻrtasida diplomatik munosabatlar mustahkam tarixiy asoslarga ega hamda oʻzaro hurmat va ishonch tamoyillari asosida mustahkamlanib bormoqda.
Tadbirda parlament aʼzolari Oʻzbekiston bilan Litva oʻrtasidagi koʻp qirrali munosabatlar, ayniqsa, savdo-iqtisodiyot va investitsiya sohalarini yanada rivojlantirishga eʼtibor qaratdi.
Bugungi kunda Litvada uchta oʻzbek savdo uyi, Oʻzbekistonda ham Litva investorlari ishtirokida 30 dan ortiq kompaniyalar faoliyat yuritib kelmoqda. Litva va Oʻzbekiston oʻrtasidagi savdo aylanmasi 600 mln AQSH dollaridan oshganligi qayd etildi.
Bundan tashqari, ikki mamlakat oʻrtasida madaniy-gumanitar sohasidagi hamkorlik ham rivojlanib, taʼlim, fan, texnologiya, madaniyat va sanʼat sohalarida bu yaqqol koʻrinadi.
Ikki tomonlama koʻp qirrali hamkorlikni, xususan qishloq va suv xoʻjaligi sohalaridagi aloqalar, iqtisodiy va investitsiya loyihalarini kengaytirish hamda hududlararo hamkorlikni rivojlantirish, birodarlik aloqalarini oʻrnatishda parlament yordam koʻrsatishiga eʼtibor qaratildi.
Yigʻilish yakunida qoʻshma tashabbuslarning amaliy ijrosini taʼminlash maqsadida parlamentlararo muloqotni faollashtirishga kelishib olindi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Investorlar uchun eng jozibador hudud yoxud investitsiya oqimidagi keskin tafovutning sabab va oqibatlari
- Bedilni xalqqa tanitgan xattot
- Oʻzbekistonda inson aʼzolarini 3D bioprinterda chop etish imkoniyati yaratilmoqda
- Alisher Navoiy – ilm va maʼno ehtiyoji manbai
- Oʻzlikni anglash sari muhim qadam: “Milliy qadriyatlar atlasi” kitob-albomi taqdimot qilindi (+video)
- Milliy naqshlarda oʻzligimiz namoyon
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring