Oʻzbekistonliklar uchun haj kvotasi soni maʼlum boʻldi
AOKAda boʻlib oʻtgan brifingda Din ishlari boʻyicha qoʻmitasi axborot xizmati rahbari Ilhom Maʼrupov “Haj-2024” mavsumiga koʻrilayotgan tayyorgarlik haqida maʼlumot berdi.
Maʼlum boʻlishicha, 2024-yilda 15 mingta yurtdoshimiz Haj safariga kvotaga ega boʻlishdi. Saudiya Arabistoni Podshohligi tomonidan belgilangan tartibga muvofiq haj amallarini bajarish uchun ziyoratchida “Haj-2024” vizasi boʻlishi shart.
“Haj-2024” mavsumiga tayyorgarlik maqsadida, dastlabki ishchi guruh Saudiya Arabistoniga yetib borib, ayni paytda Makka va Madina shaharlaridagi mehmonxonalarda, shuningdek, Mino, Arafot, Muzdalifa manzillarida boʻlib, yurtdoshlarimiz uchun barcha sharoitlarni hozirlash boʻyicha tegishli chora-tadbirlarni amalga oshirmoqdalar.
Eslatib oʻtamiz, joriy yilning 23-maydan 7-iyun kuniga qadar respublikaning 10 ta hududiy xalqaro aeroporti: Toshkent, Namangan, Fargʻona, Qarshi, Termiz, Samarqand, Buxoro, Navoiy, Urganch, Nukus shaharlari orqali hojilarni Madina shahriga yuborish hamda 22-iyundan 12-iyulga qadar Jidda shahridan Oʻzbekistonga olib kelish ishlari amalga oshiriladi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- “E-ekspertiza” platformasi orqali elektron hujjatlar almashinuvini yoʻlga qoʻyish tartibi tasdiqlandi
- Nodavlat sud-eksperti sifatida faoliyat yuritish yanada soddalashtiriladi
- “Istanbul Bashakshehir” mehmondan gʻalaba bilan qaytdi
- Ukrainaning uch viloyatida portlashlar qayd etildi. Qurbonlar bor
- Bu yil Oʻzbekiston Proligasida 14 ta jamoa ishtirok etadi
- Shavkat Mirziyoyev Vashington shahrida Tinchlik kengashining dastlabki yigʻilishida ishtirok etdi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring