Oʻzbekistonliklar 5 oyda sabzi eksportidan 5,6 million AQSH dollari ishlab oldi
Oʻzbekiston 2025-yilning yanvar-may oylarida qiymati 5,6 million AQSH dollariga teng boʻlgan 28 ming 348 tonna sabzi eksport qildi. Bu haqda Milliy statistika qoʻmitasi maʼlum qildi.
Qoʻmita maʼlumotlariga koʻra, mazkur davr mobaynida Oʻzbekistondan eng koʻp sabzi Qirgʻiz Respublikasiga yetkazib berilgan — 14 ming 990 tonna.
Shuningdek, Qozogʻistonga 7 ming 197 tonna, Rossiyaga 5 ming 989 tonna sabzi eksport qilingan. Shuningdek, Ukrainaga 64 tonna, Tojikistonga 61 tonna va boshqa davlatlarga 47 tonna sabzi yuborilgan.
Maʼlumot uchun, Oʻzbekiston sabzi yetishtirish va uni eksport qilish boʻyicha Markaziy Osiyoda yetakchi davlatlardan biri hisoblanadi. Sabzi asosan qoʻshni mamlakatlar va Rossiya bozorlarida xaridor topmoqda.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Oʻzbekiston Respublikasining xorijdagi diplomatlaridan iborat delegatsiya aʼzolari Islom sivilizatsiyasi markaziga tashrif buyurdi (+fotoreportaj)
- Raqamli Oʻzbekiston uchun kiber-huquqshunoslar: Prezident Farmoni yuridik taʼlimning yangi davrini ochadi
- 16-yanvar kuni baʼzi joylarda qor yogʻadi
- Koʻrfaz arab davlatlari bozoriga bojsiz kirish imkoni yaratiladi
- Dunyo boʻylab qon va koʻzyosh bilan oʻtgan bir hafta — 20 ta suratda
- “Analog turmush tarzi”. Insonlarda sunʼiy intellektga qarshi kayfiyat kuchaymoqda
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring