Oʻzbekistonlik hakamlar Osiyo chempionatida ishlaydi

18:47 19 Dekabr 2025 Sport
296 0

Oʻzbekistonlik hakamlar guruhi U23 Osiyo chempionatida faoliyat olib boradi. Bu haqda OʻzFHMning rasmiy sahifasida maʼlumot berildi.

2026-yilning 6–24-yanvar kunlari Saudiya Arabistoni mamlakatida 23 yoshgacha boʻlgan futbolchilar oʻrtasidagi Osiyo chempionati musobaqasi boʻlib oʻtadi. Unda Oʻzbekistondan quyidagi hakamlar guruhi faoliyat olib boradi:

Bosh hakam — Asker Najafaliyev;

Yordamchi hakamlar — Baxtiyorxoʻja Shavkatov, Ruslan Serazitdinov;

VAR hakami — Firdavs Norsafarov;

Hakamlar nazoratchisi — Valentin Kovalenko.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?