Oʻzbekistonlik hakam “Chelsi” ishtirokidagi oʻyinda ishlaydigan boʻldi, ammo…
Hozirda Amerika Qoʻshma Shtatlarida davom etayotgan Klublar oʻrtasidagi Jahon chempionatida oʻzbekistonlik hakamlar ham faol ishtirok etmoqda. Xususan, tajribali referi Ilgiz Tantashev navbatdagi uchrashuvga tayinlandi.
Unga koʻra, Ilgiz Tantashev va Andrey Sapenko 5-iyul kuni boʻlib oʻtadigan musobaqaning 1/4 final uchrashuvida ishlaydi. Mazkur bellashuvda Braziliyaning “Palmeyras” va Angliyaning “Chelsi” jamoalari oʻzaro toʻqnash keladi.
Uchrashuv hakamlari tarkibi quyidagicha shakllangan: bosh hakam — Alirizo Fagʻoni (Avstraliya), qanot hakamlari — Anton Shetinin va Eshli Bechim (ikkisi ham Avstraliyadan), zaxira hakami — Ilgiz Tantashev (Oʻzbekiston) va zaxira hakami yordamchisi — Andrey Sapenko (Oʻzbekiston).
Maʼlumot uchun, Ilgiz Tantashev boshchiligidagi hakamlar bungacha Klublar oʻrtasidagi Jahon chempionatida uchta oʻyinda faoliyat olib bordi. Jumladan, u musobaqaning guruh bosqichidagi “Fluminense” — “Borussiya Dortmund” va “Inter” — “River Pleyt” jamoalari oʻrtasidagi bahslarda bosh hakam sifatida ishladi. Bundan tashqari, “Inter Mayami” — “Portu” oʻyinida esa zaxira hakami sifatida faoliyat yuritdi.
Shu tariqa, Ilgiz Tantashev boshchiligidagi oʻzbekistonlik hakamlar jahon miqyosidagi yirik turnirda oʻz salohiyati va tajribasini koʻrsatishda davom etmoqda.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Oʻzbekiston milliy terma jamoasi uchun Jahon chempionati qurʼasi omadli oʻtdimi?
- “Matonatli Maryam” filmi keng jamoatchilikka taqdim etildi
- Ўзбекистон терма жамосининг Жаҳон чемпионатидаги ўйин саналари эълон қилинди
- AQSH Yevropadan NATO majburiyatlarining asosiy qismini oʻz zimmasiga olishni talab qildi
- FIDE jahon kubogi chempioni Javohir Sindarovni kutib olish marosimi boʻlib oʻtdi (+fotoreportaj)
- Reuters: Asadning Moskvadagi tarafdorlari Suriyada qoʻzgʻolon rejalashtirmoqda
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring