O‘zbekistonlik bokschilar “Prezident kubogi” xalqaro turnirida 7ta medalga ega chiqdi

10:36 11 Iyun 2018 Sport
1874 0

Qozog‘istonning Astana shahrida boks bo‘yicha “Prezident kubogi” xalqaro turniri nihoyasiga yetdi. Musobaqda 15 ta davlatdan jami 162 nafar bokschi ishtirok etdi.

Musobaqa yakunlariga ko‘ra, O‘zbekiston terma jamoasi bokschilari 1ta oltin, 2ta kumush va 4ta bronza medalini qo‘lga kiritishdi.

- 81 kg vazn toifasi finalida Bektemir Meliqo‘ziyev qozog‘istonlik bokschi Bek Nurmagambetovga qarshi ringga chiqib, g‘alaba qozondi va terma jamoamiz hisobiga yagona oltin medalni taqdim etdi.

- 60 kg vazn toifasida Shunqor Abdurasulov finalda rossiyalik Gabil Mamedovga imkoniyatni boy bergan bo‘lsa, - 64 kg vazn toifasida ringga chiqqan Iqboljon Xoldorov esa mezbonlar vakili Bekdaulet Ibragimovga yutqazdi va har ikkala bokschimiz kumush medallariga ega bo‘lishdi.

Yarimfinalda mag‘lub bo‘lgan bokschilarimiz Shahobiddin Zoirov (- 56 kg), Aliyor Noraliyev (-64 kg), Mahmud G‘oipov (-69 kg) va Isroil Madrimov (75 kg) esa bronza medalini qo‘lga kiritishdi.

Musobaqada Qozog‘iston terma jamoasi bokschilari umumjamoa hisobida yaqqol ustunlik bilan g‘alaba qozonishdi. Ular turnirda 8ta oltin, 4ta kumush va 7ta bronza medaliga ega chiqishdi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?