Oʻzbekistonlik 100 nafar mutaxassis “World Horti Center”da tajriba orttiradi

17:46 15 Yanvar 2026 Siyosat
207 0

Prezident raisligida oʻtayotgan videoselektor yigʻilishida iqlim oʻzgarishi va suv taqchilligi sharoitida Ispaniya qishloq xoʻjaligida katta yutuqlarga erishayotgani taʼkidlandi.

Foto: Prezident matbuot xizmati

Xususan, Almeriya hududida 30 ming gektardan ziyod maydonda yaxlit issiqxonalar kompleksi tashkil qilingan boʻlib, birgina soliq tushumining oʻzi 1,5 milliard yevroga teng. Eng muhimi, bu issiqxonalar quyosh energiyasida ishlaydi, gazdan foydalanmaydi.

Ispaniyadagi elchiga ushbu davlatning qishloq xoʻjaligidagi ilgʻor tajriba va texnologiyalarini Surxondaryo va Qashqadaryoga olib kelish boʻyicha dastur qilish topshirildi.

Niderlandiya qishloq xoʻjaligi eksporti boʻyicha dunyodagi TOP-3 davlatlar qatoriga kiradi.

Issiqxonachilik yoʻnalishidagi 100 dan ortiq kompaniyalarni birlashtirgan “World Horti Center” innovatsiya va bilim markaziga har yili butun dunyodan 40 mingdan ziyod mutaxassislar kelib malakasini oshiradi.

Belgiyadagi elchiga ushbu markazga kamida 100 nafar mahalliy mutaxassisni olib borib, issiqxona sohasidagi ilgʻor innovatsiya va tajribalarni oʻrganishni tashkil etish topshirildi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?