Oʻzbekistonga davolanish uchun tashrif buyurganlar soni 80 foizga oshgan
2024-yilning yanvar-oktyabr oylari davomida Oʻzbekistonga davolanish maqsadida kelgan chet el fuqarolari soni 90,7 ming kishini tashkil etdi. Bu koʻrsatkich oʻtgan yilning shu davriga nisbatan 40,3 ming kishiga yoki 80,1 foizga koʻpayganini koʻrsatmoqda. Bu haqda Statistika agentligi xabar berdi.
Maʼlum boʻlishicha, davolanish uchun tashrif buyurganlarning katta qismi Tojikiston fuqarolari boʻlib, ularning soni 69 ming 111 nafarni tashkil qildi. Qozogʻistondan kelganlar soni 10 ming 536 nafarga yetgan boʻlsa, Qirgʻiz Respublikasidan kelgan qoʻshnilarimiz soni 8 ming 464 nafarni tashkil etdi.
Shuningdek, Rossiyadan 1606 nafar, Turkmanistondan 764 nafar va Afgʻonistondan 388 nafar fuqaro davolanish uchun Oʻzbekistonni tanlagan. Bundan tashqari, Turkiya va Ukrainadan tashriflar tegishlicha 36 va 16 nafarga yetgani qayd etilgan.
AQSH va Ozarbayjondan kelganlar soni mos ravishda 13 va 12 nafarni tashkil etdi. Shuningdek, boshqa davlatlardan 65 nafar fuqaro davolanish uchun Oʻzbekistonga tashrif buyurgan. Bu davlatlardan kelganlar soni nisbatan kichik boʻlsa-da, Oʻzbekistonning global darajada tibbiy turizm markazi sifatida tanilishiga ishora qiladi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Investorlar uchun eng jozibador hudud yoxud investitsiya oqimidagi keskin tafovutning sabab va oqibatlari
- Oʻzbekistonda inson aʼzolarini 3D bioprinterda chop etish imkoniyati yaratilmoqda
- Bedilni xalqqa tanitgan xattot
- Alisher Navoiy – ilm va maʼno ehtiyoji manbai
- Oʻzlikni anglash sari muhim qadam: “Milliy qadriyatlar atlasi” kitob-albomi taqdimot qilindi (+video)
- ICCI 2026: Yangi Oʻzbekistonning qurilish salohiyati – gʻoyalardan keng koʻlamli yechimlargacha
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring