Oʻzbekistondagi kambagʻallik darajasi qanday? Shavkat Mirziyoyev kambagʻallikni qisqartirish borasidagi natijalarga toʻxtaldi
Mamlakatimizda kambagʻallikni qisqartirish va aholini ijtimoiy himoya qilish borasida katta dasturlar amalga oshirilmoqda. Shavkat Mirziyoyev kambagʻallikni qisqartirish borasidagi natijalarga toʻxtaldi.
Qayd etilishicha, toʻrt yil avval 23 foiz aholimizning daromadi kambagʻallik chegarasiga ham yetmas edi. Oʻtgan davrda 3,5 million fuqaro uchun daromad olish imkoniyati yaratilib, kambagʻallikni 11 foizga tushirishga erishildi. Kelgusi uch yilda uni 7 foizga tushirish reja qilingan.
Kambagʻallikni qisqartirish va aholini ijtimoiy himoya qilish maqsadida kelgusi yili byudjetdan 500 milliard soʻm yoʻnaltiriladi.
Shuningdek, yangi yildan 65 turdagi ijtimoiy xizmat va yordamlar, 50 ga yaqin imtiyozlarni oʻzida mujassam etadigan yagona “Ijtimoiy karta” tizimi yoʻlga qoʻyiladi.
Daromadi va sogʻligʻini yoʻqotib, ogʻir ijtimoiy vaziyatga tushib qolgan yurtdoshlarimizni qoʻllab-quvvatlash koʻlami bosqichma-bosqich kengaytiriladi. Buning uchun “Ijtimoiy sugʻurta toʻgʻrisida”gi qonun qabul qilinadi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- “Analog turmush tarzi”. Insonlarda sunʼiy intellektga qarshi kayfiyat kuchaymoqda
- Dunyo boʻylab qon va koʻzyosh bilan oʻtgan bir hafta — 20 ta suratda
- Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat oʻzbek tili va adabiyoti universitetida “Yaldo kechasi” romanining taqdimoti oʻtkazildi
- “Butun el-yurtimizni birlashtiradigan ulugʻ bir gʻoya bor. U ham boʻlsa, Vatan manfaati, xalqimiz manfaatidir”
- “Nigilist pingvin”. Ruhan ezilgan va hayotdan maʼno izlayotganlar uchun noodatiy mem ommalashmoqda
- Tarix va zamonaviylik uygʻunlashgan shahar — Turkiya poytaxtidan fotoreportaj
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring