“Oʻzbekistonda jadidlar muzeyi tashkil etiladi” – Saida Mirziyoyeva
Oʻzbekiston Madaniyat va sanʼatni rivojlantirish jamgʻarmasi saʼy-harakatlari bilan jadidchilik tarixi muzeyi tashkil etiladigan noyob meʼmoriy inshootni davlat tasarrufiga qaytarishga muvaffaq boʻlindi.
Bu haqda Prezident Administratsiyasi Ijro etuvchi apparatining Kommunikatsiyalar va axborot siyosati boʻyicha shoʻba mudiri Saida Mirziyoyeva telegram kanalida maʼlum qildi:
“Jadidchilik harakati yetakchilaridan biri Usmonxoʻja Poʻlatxoʻjayevning uyi davlat tasarrufiga qaytarildi. Endi xonadonda muzey yaratiladi”.
Ushbu loyiha Madaniy meros agentligi bilan hamkorlikda amalga oshiriladi.
Usmonxoʻja Poʻlatxoʻjayev xonadoni – dastlabki yangi uslubdagi maktablar ochilib, oʻz davrining zamonaviy taʼlim tizimiga mos ravishda ilmga tashna oʻquvchilarga ona tili, matematika, tarix, geografiya va boshqa fanlardan bepul saboq berilgani bilan mashhur.
Uy 1860–1870-yillarda qurilgan boʻlib, nafis Buxoro meʼmorchiligining yorqin namunasidir. Yaqin-yaqingacha binoda mehmonxona joylashgan edi, ammo Madaniyat va sanʼatni rivojlantirish jamgʻarmasi saʼy-harakatlari bilan tarixiy obyekt davlat tasarrufiga qaytarildi.
Loyihani amalga oshirish uchun uyning yaxshi saqlanib qolgan eski qismida zarur restavratsiya ishlarini olib borish, unga tutash yangi joylarni esa qayta qurish rejalashtirilgan.
Muzeyda jadidchilik namoyandalarining qoʻlyozmalari va shaxsiy buyumlari, qadimiy qoʻlyozmalar, shuningdek, XIX asr mavzulari va turkiylar madaniyatini aks ettiruvchi hozirgi zamon adabiyotlari toʻplamidan iborat ekspozitsiya taqdim etiladi.
Mazkur namoyish buyumlarini yaratishda muzeyni tashkil etish tashabbuskorlaridan biri, Usmonxoʻja Poʻlatxoʻjayevning oʻgʻli, mavzuga oid kutubxonasini muzeyga hadya etish istagini bildirgan Temur Xoʻja oʻgʻli yordam beradi.
Biroq tashkilotchilar oʻz pirovard maqsadlarini ancha kengroq olmoqda – nafaqat muzey, balki ilmiy va ilmiy-tadqiqot izlanishlarini olib borish uchun jadidchilik tarixi va madaniyatiga oid ashyo va arxivlardan bemalol foydalanish mumkin boʻlgan chinakam ilmiy markazni tashkil etish niyatida.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- “E-ekspertiza” platformasi orqali elektron hujjatlar almashinuvini yoʻlga qoʻyish tartibi tasdiqlandi
- Nodavlat sud-eksperti sifatida faoliyat yuritish yanada soddalashtiriladi
- “Istanbul Bashakshehir” mehmondan gʻalaba bilan qaytdi
- Ukrainaning uch viloyatida portlashlar qayd etildi. Qurbonlar bor
- Bu yil Oʻzbekiston Proligasida 14 ta jamoa ishtirok etadi
- Yanvar oyida yuz nafardan ortiq amerikalik oʻqish uchun Oʻzbekistonga keldi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring