Oʻzbekistonda Yoshlar ishlari agentligi huzurida boʻlgan yana bir jamgʻarma tashkil etiladi
Hukumatning Yoshlar ishlari agentligi faoliyatini tartibga solish sohasidagi normativ-huquqiy hujjatlarni tasdiqlashga oid qarori loyihasi muhokamaga qoʻyildi.
Loyihada keltirilishicha, Agentlik va uning hududiy boʻlinmalari huzurida yuridik shaxs maqomiga ega boʻlmagan “Yoshlarga oid davlat siyosatini qoʻllab-quvvatlash” jamgʻarmasi etiladi.
Jamgʻarma mablagʻlari Moliya vazirligi Gʻaznachiligida ochilgan Agentlikning milliy va xorijiy valyuta boʻyicha byudjetdan tashqari shaxsiy gʻazna hisob varagʻida yigʻiladi.
Quyidagilar Jamgʻarma mablagʻlarini shakllantirish manbalari hisoblanadi:
yoshlarga oid davlat siyosatini qoʻllab-quvvatlash boʻyicha xarajatlarni moliyalashtirish uchun Jamgʻarmaga Oʻzbekiston Respublikasi Davlat byudjeti hisobidan har yili ajratiladigan mablagʻlar;
muassisi Agentlik hisoblangan korxona, muassasa va tashkilotlar, ixtiyorida soliqlar va boshqa majburiy toʻlovlar toʻlanganidan keyin qoladigan sof foyda;
jismoniy va yuridik shaxslarning xayriya mablagʻlari, xalqaro moliya institutlari va xorijiy tashkilotlarning grantlari, vaqtincha boʻsh mablagʻlarni tijorat banklarining depozitlariga joylashtirishdan olingan daromadlar;
qonun hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa manbalar.
Jamgʻarmaning mablagʻlaridan quyidagilar uchun foydalaniladi:
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Oʻzbekiston Respublikasida yoshlarga oid davlat siyosatini tubdan isloh qilish va yangi bosqichga olib chiqish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2020-yil 30-iyundagi PF–6017-son Farmoni hamda 2020-yil 25-dekabrda oʻtkazilgan “Oʻzbekiston yoshlari” forumida belgilangan Agentlikning asosiy vazifa va faoliyat yoʻnalishlari doirasidagi chora-tadbirlarni moliyalashtirish;
beshta muhim tashabbusni keng joriy etishga qaratilgan tadbirlarni moliyalashtirish;
hududlardagi yoshlar obyektlarini kapital va joriy taʼmirlash hamda ularni inventarlar, mebel, kompyuter texnikasi va boshqa uskunalar bilan jihozlash hamda sohaga zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini joriy etish;
mamlakatimizda yoshlarni qoʻllab-quvvatlash, oʻsib kelayotgan
yosh avlodni ilm-fan va innovatsiyalarga keng jalb etish bilan bogʻliq chora-tadbirlarni moliyalashtirish;
yoshlarga oid dasturlar, loyihalar, ilmiy-tadqiqot ishlari va boshqa tadbirlar uchun ijtimoiy buyurtma, grant va subsidiyalar ajratish;
hududlarda band boʻlmagan yoshlarni ijtimoiy qoʻllab-quvvatlash va ularning bandligini taʼminlash maqsadida kasb-hunarga oʻrgatish va ularda kasbiy koʻnikmalarni shakllantirish tadbirlarini moliyalashtirish;
tarbiya muassasalarini tamomlagan yetim va ota-onasining qaramogʻidan mahrum boʻlgan yoshlarning ijtimoiy-huquqiy himoyasini tashkil etish va bandligini taʼminlash tadbirlarini moliyalashtirish;
xalqaro taʼlim dasturlari (IELTS, TOEFL, GMAT va boshqalar) boʻyicha eng yuqori ball toʻplagan iqtidorli yoshlarga imtihon topshirish xarajatlarini toʻliq qoplab berish;
yosh kadrlarni, shu jumladan Agentlik tizimidagi xodimlarni oʻqitish, malakasini oshirish, ularning stajirovka oʻtashi, shu jumladan xorijiy mamlakatlarda oʻtkaziladigan konferensiya, seminarlar va boshqa tadbirlarda ishtirok etishini tashkil etish, Agentlik xodimlarini ijtimoiy qoʻllab-quvvatlash.
Jamgʻarmaning joriy yilda foydalanilmagan mablagʻlari (qoldiq mablagʻlar) Oʻzbekiston Respublikasi Davlat byudjetiga olib qoʻyilmaydi va ulardan keyingi yilda mazkur Nizomda nazarda tutilgan tartibda foydalaniladi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- 21-oktyabr – Oʻzbek tili bayrami kuni
- Oʻz xalqini Siz kabi chin dildan sevadigan davlat rahbarini uchratmadim – “ACWA Power” kompaniyasi boshqaruvi raisi Muhammad Abunayyan
- Oʻzbekiston tasviriy sanʼat galereyasida Samarqand maktabining yangi nafasi
- Lamin Yamal “Barselona”ni tark etishi mumkin
- Ish bilan bogʻliq baxtsiz hodisalar va kasbga oid kasalliklar haqidagi maʼlumotlarning yaxlit tizimi yoʻqligi koʻrsatib oʻtildi
- Har bir hududda “Kasaba uyushmalari bogʻlari” tashkil etiladi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring